Frank Riberi: "Agar pul uchun yashaganimda, "Salernitana"ga kelmagan bo'lardim"
07 sen 2021 18:22
Yangiliklar


Frank Riberi: "Agar pul uchun yashaganimda, "Salernitana"ga kelmagan bo'lardim"
"Salernitana" futbolchisi Frank Riberi Italiya klubiga o'tishi haqida gapirdi.
"Yangi jamoam va yangi murabbiyim bilan birga bo'lganimdan juda xursandman. Hammamizning bitta maqsadimiz bor - oyoqqa turish. Men hammangiz uchun, klub va jamoa uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman. Muzokaralar uzoq davom etmadi, men sport direktori Fabiani bilan videokonferenciya orqali gaplashdim. Muxlislarning mehr-muhabbatini bu erga kelishimdan oldin ham his qilganman. Ushbu klubga o'zimni xursand qilish uchun kelmadim. Hali ko'p isbotlashim kerak bo'lgan jihatlar bor. A Seriya - qiyin chempionat, buning uchun qattiq ishlashim kerak. Men futbol bilan yashayman, agar pul uchun yashaganimda, bu erda bo'lmasdim",- deydi Riberi.
O’xshash yangiliklar
09:04
“Tottenxem“ yangi bosh murabbiyi bilan maosh va shartnoma shartlari borasida kelishib oldi - Romano 1
12:08
"Har qanday holatda ham Rossiya klubi taklifini rad etardik". Husanovning agenti bilan katta suhbat 25

Fikrlar