So’nggi yangiliklar

08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  0 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  9 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  6 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  234 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  10 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  4 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  14 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  22

Francuz klublari bolalar uchun birlashdi! Yangiliklar

Francuz klublari bolalar uchun birlashdi!

Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo'ldi.

Franciya bolalarni himoya qilish kuniga tayyorgarlik ko'rmoqda — bayram har yilning 20 noyabrida nishonlanadi. Franciyaning ikki ligasi klublari o'z logolarini vaqtincha bolalar rasmlariga o'zgartirishga qaror qildi: ularning har biri bolajonlar (asosan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari) tomonidan chizilgan.


Liga 1 va Liga 2"ning yangi mualliflik logolari quyidagicha ko'rinishda:


Biroq francuzlar shu bilan to'xtab qolishmadi: har bir klub 8 - 14 yoshdagi bolalar orasidan 12tasini tanlab oldi va jamoa tuzdi. SHuningdek, ularga baza bo'ylab ekskursiya uyushtirildi hamda ularni futbolchilar bilan tanishtirishdi. Xayriyaning yana bir ajoyib qismi — futbolchilarning bolalar bilan birga mashg'ulot o'tkazishi.



SHuningdek, tanlab olingan bolalar o'qituvchilari bilan shanba kuni kechqurun regbi bo'yicha Franciya - Yangi Zelandiya o'yiniga borishadi. Yakshanba kuni esa bolalar uchun "Stad de Frans" turniri o'tkaziladi: ular Liga 1 dagi o'zlari yoqtirgan klublari nomidan ishtirok etishadi va mamlakatning asosiy, eng yirik stadionlaridan birida o'ynashadi.

Bu fikr Franciyaning taniqli sport jurnalistlaridan biri Muhammad Buxavsining hayoliga keldi. Buxavsi Franciyada bolalar xavfsizligi uchun asosiy kurashchilardan biri hisoblanadi: mehribonlik uylari quradi, bolalarni himoya qilish bo'yicha fondlarni moliyalashtiradi va tashabbuslarni ilgari suradi. SHuning uchun, xayriyaning asosiy qismi 119 ishonch telefoni bo'ldi: bolalar biror muammoga duch kelganda yoki xavf ostida qolganda, shu raqamga qo'ng'iroq qilishi mumkin.



Oilaviy muammolari bo'lgan bolakaylarni Muhammad juda yaxshi tushunadi. Sababi, jurnalistning otasi vaqtida o'z xotini va farzandiga zo'ravonlik qilgan. 2001 yil bir guruh odamlar Muhammadni o'g'rilab, Jazoirga olib ketmoqchi bo'lishgan. Biroq policiya hodimlari o'z vaqtida voqea joyiga etib kelishgan va bolakayni qutqarib qolishgan. Afsuski, o'g'ri Buxavsining o'z otasi bo'lib chiqqan...

Xullas, jurnalist butun boshli futbol ligasini bir yo'lda birlashtira oldi va bolalar uchun katta bayram tashkil qilinishiga sababchi bo'ldi!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика