Franciyaning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi yakuniga etdi
17 noy 2018 09:21
Yangiliklar
Franciya terma jamoasi Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Niderlandiyaga 0:2 hisobida yutqazdi. SHu tariqa Franciya o'zining 15 ta o'yinga cho'zilgan mag'lubiyatsiz uchrashuvlar seriyasiga yakun yasadi. Jamoa 11 ta uchrashuvda g'alaba qozonib, 4 ta o'yinda durang qayd etgandi.
Niderlandiya esa 10 yil deganda birinchi marta francuzlarni mag'lub etdi. Jamoa so'nggi bor Franciyani Evro-2008 musobaqasi doirasida mag'lub etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar