Fransiyaning ikki klubi Rakitichga da'vogar

Aslanov Jasurbek
9 avg 2018, 13:25
"Monako" va PSJ "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichga da'vogarlik qilmoqda.

Ikki klub ham 30 yoshli futbolchi uchun Kataloniya klubiga jiddiy taklif yubormoqchi.

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning ko'k-anorranglilar safiga o'tishi haqida paydo bo'lgan mish-mishlardan so'ng, yangiliklarda Rakitichning ismi paydo bo'ldi.

"Barselona" Ivan Rakitichni sotmoqchi emas. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Futbolchining bitimdagi tovon puli 125 mln. evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo