Franciya terma jamoasi azosi: "Umid qilamanki, "Oltin to'p"ni Benzemaga topshirishadi. U o'zgacha futbolchi"
12 noy 2021 03:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/655963_original.jpg)
![](/upload/storage/655963_220.jpg)
Franciya terma jamoasi azosi: "Umid qilamanki, "Oltin to'p"ni Benzemaga topshirishadi. U o'zgacha futbolchi"
Franciya termasi va "Marsel" klubi yarim himoyachisi Matteo Genduzi "Real" forvardi Karim Benzemaning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Benzema "Oltin to'p"ga loyiqmi? U o'zgacha futbolchi. Barchamiz u uzoq yillar davomida nimalar qilayotganini ko'ryapmiz. Uning "Real"dagi faoliyatiga havas qilsa arziydi. Franciya termasida ham u yana muhim figuraga aylanib ulgurdi, u o'zi harakat qiladigan istalgan jamoa uchun foydali o'yinchi. Unga omad yor bo'lishini tilayman. Umid qilamanki, bu yil sovrin unga nasib qiladi", – dedi Genduzi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar