Franciya prezidenti: “KB9 – bu ikki harf va raqam futbol tarixida qoladi”
18 okt 2022 08:35
Yangiliklar
Franciya prezidenti: “KB9 – bu ikki harf va raqam futbol tarixida qoladi”
Franciya rahbari Emmanyuel Makron “Real” forvardi Karim Benzemani “Oltin to'p-2022”ni olgani bilan qutladi.
“Zinedin Zidan sovrinni qo'lga kirtganidan 24 yil o'tib, Karim Benzema Franciyaga navbatdagi “Oltin to'p”ni olib keldi. KB9 – bu ikki harf va raqam futbol tarixida qoladi. Tabriklayman”, deya tvit qoldirgan Makron.
Eslatib o'tamiz, Benzema Raymon Kopa (1958), Mishel Platini (1983, 1984, 1985), Jan-Per Papen (1991), Zinedin Zidan (1998)dan keyin “Oltin to'p” egasiga aylangan beshinchi francuz bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar