So’nggi yangiliklar

08:05Флик: "У сафга қайтса, албатта, хурсанд бўламан"  0 07:44"Лацио" ўз уйида "Кальяри"ни таслим этди. Меҳмонлар ўйинни 9 футболчи бўлиб якунлашига тўғри келди  0 07:21Неймарга иккита ўйин етарли бўлди  1 01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  2 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  8 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  8 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  6 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1

FRANCIYA - NIGERIYA 2:0. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

FRANCIYA - NIGERIYA 2:0. MATNLI TRANSLYACIYA

Mundial qizigandan qizib bormoqda. O'yinlar barchani birdek hayajonda ushlab turibdi. Nimchorak finalning bugungi bellashuvlarini Franciya hamda Nigeriya terma jamoalari o'rtasidagi baxs boshlab beradi.

FRANCIYA - NIGERIYA 2:0
Brazilia. "Mane Garrincha" stadioni.
Bosh hakam: Mett Geyger (AQSH).
Qanotlardagi hakamlar: Mark Xerd, Jo Fletcher
Zahiradagi hakam: Alirizo Fag'oni
Gollar: Pol Pogba 79, Jozef Yobo 90+1 avtogol

Franciya: Ugo Loris, Mate Debyushi, Loran Koselni, Rafael Varan, Patris Evra, Yoan Kabay, Pol Pogba, Blez Matyuidi, Mate Valbuena (Sissoko, 90+4), Olive Jiru (Antuan Grizmann, 62), Karim Benzema.

Nigeriya: Vinsent Enyama, Efe Embrouz, Jozef Yobo, Kennet Omeruo, Juvon Oshaniva, Jon Obi Mikel, Odjeni Onazi (Ruben Gabriel, 60), Axmad Musa, Piter Odemvingi, Viktor Mozes (Uche Nvofor, 89), Emmanuel Emenike.

Ogohlantirishlar: Blez Matyuidi 54



                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                      YANGILASH

90+5. TUGADI! Franciya chorak finalda! Uning barcha muxlislarini tabriklaymiz! Nigeriyaga muxlislik qilganlarga esa sabr tilaymiz. O'yinni Tolibjon Qosimov va Narzulla Saydullaev sharhlab borishdi. Germaniyani o'yinigacha uxlab qolish yo'g'a)

90+2.
Maydonni Valbuena tark etmoqda, butun stadion unga olqishlar taqdim etmoqda. Uning o'rniga Sissoko tushdi

90+1. Valbuena to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi, Grizman to'p uchun intildi va kutilmaganda Yobo to'pni o'z darvozasiga yo'lladi - 2:0.

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. GRIZMAAAAAAAAAN! YOKI AVTOGOL!

90. Haya Tolibjonda texnik muammolar bo'lgani tufayli matnli translyaciyani Narzulla tugatib qo'yadi)

90.
Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi

90. Franciyalik muxlislar bayramni boshlab yuborishdi, bugun bayram, bugun bayram...)

90.
Franciyaning 11-burchak to'pini Benzema amalga oshirib berdi

89. O'zgarish. Nigeriya.
Mozes o'rniga Uche Nvofor tushdi

87.
Franciya esa mana shu natijani saqlab qolsa ham chorak finalga chiqishini juda yaxshi bilib turibdi

85. Nigeriya shoshayotgani yo'q negadir, 5 minut qoldi axir...

84.
Mozesning to'p uzatishidan so'ng to'p himoyachining qo'liga tegdi, biroq aynan to'p qo'lni topgani uchun hakam indamadi

84. ZARBAAAAAAAA! Grizmaaaaaaaaaaan! Eneyamaaaaaaa! Berilgan zarbani darvozabon qaytardi!

83.
Gol o'tkazib yuborgach Nigeriya oldinga o'tishini kutgandik, ammo aksincha Franciya hujum qilmoqda.

Burchakdan uzatib berilgan to'pni qaytarishda Eneyama xatoga yo'l qo'ydi, Pogba esa baland bo'yidan foydalanib hisobni ochdi.

79. Gooooooooolllllll, Pogbaaaaaa 1:0

79. Zarbaaaa va yana Eneyama qutqarmoqda.

76. Franciyada qulay imkoniyat bo'lgandi. Kabayning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi!!!!

75.
Franciya burchak to'piga ega bo'ldi, Koselnining zarbasi Omeruoga tegib maydonni tark etdi. Valbuena boshqa burchakdan to'pni oshirib beradi

74.
Maydonda hozircha hech qanday etiborga molik vaziyat bo'layotgani yo'q. Tribunalarda esaaaa. Bir qator qizlar nimadirlar eb o'tirishibdi

73.
Karim Benzemaning zarbasi kuchsiz va noaniq bo'ldi

69. Benzema Kabay bilan devor uslubida o'ynadi va darvozaga zarba berdi, Eneyamaga tekkan to'p darovzaga yo'l oldi, Mozes deyarli chiziq ustidan to'pni qaytarib yubordi!

69. BENZEMAAAAAAAAAAAA! SAL QOLISHGA SAL QOLDI!!!


67. Nigeriyadan javob hujumi. Musaning to'p uzatishini himoyachilar qaytarishdi. Burchak to'pi samarasiz tugadi

66. Eneyama xatoga yo'l qo'ydi, sal qolsa Pogba gol urishi mumkin edi. Oshaniva darvozabonga yordamga keldi

65.  Valbuena jarima to'pini amalga oshirdi, Koselni boshi bilan zarba bera olmadi.

64. ZarbaAAAAAA! Odemvingining zarbasidan so'ng Loris to'pni qyatardi

63. Ey yigitlar futbol ko'raylik, bo'ldida endi. Hadeb maydonga yotavermanglar. Uchta to'rtta golni urib maza qilib ko'k choyni ichib yotmaysanmi ertalabgacha

62. O'zgarish. Franciya. Jiru o'rniga Grizmann tushdi

61. ZARABAAAAAA deyishga arzimaydigan zarba. Emenikening zarbasi ancha noaniq ketdi

60. O'zgarish. Nigeriya. Onazi o'rniga Ruben Gabriel tushdi

59. Mana sal xavfli vaziyat! Valbuena o'ngga, Debyushi markazga to'pni oshirdi, Benzemaga qadar to'p etib borishiga himoyachi yo'l bermadi

59.
Odemvingi o'ng qanotdan to'pni oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. Franciya endi erinib hujumga o'tmoqda

57. Franciya guruh bosqichidagi "eb qo'yaman" deydigan o'yinni ko'rsata olmayapti

57. Terma jamoa shifokori murabbiyga qarab "jonga tegdi bu, bo'ldi almashtiring" dedi.

56. O'yinda yana to'xtalish, Onazziiii yotibdi maydonda.

55. Ogohlantirish. Franciya. Matyuidi

54. Varanga shifokorlar yordam berishdi, himoyachi boshini "munday munday" qivordi va maydonga qaytdi

53. Endi maydonda Varan yotibdi, u Emenike bilan to'qnashib ketgan edi

52. MOZESSSSSSSS! To'pni raqibdan olib qo'yishga oz qoldi, undan keyingi vaziyatda Emenike to'pni darvozaga yo'lladi, noaniq!

51. O'yin surati yuqori emas. Ikkala jamoa juda sekin hujumga o'tishga harakat qilishmoqda

49. Franciyaning hujumi davom etadi. Valbuena yana burchak to'pini tepadi. Uning to'p uzatishini bahaybat raqiblar qaytarishdi

47. Debyushi va Oshaniva to'qnashib ketishdi. Nigeriyalik futbolchiga yordam ko'rsatishmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlanib ketibdiku. Davom etamiz.


Ikkalasida ham Nike butsasi

15 daqiqa davomida bir qo'l PES o'ynab olishga ulgurasiz, aynan shu jamoalar bilan o'ynang. SHunda qiziq bo'ladi. )

Birinchi bo'lim tugadi, tanaffus.

45+2. Onazi kichkinamizni chaldi.

45. Valbuena, Jiru, Benzema triosi xavf solishi mumkin edi. Anavi salat hujumni buzib qo'ydi. )

44. Zarbaaaa, Emenikening zarbasini Loris qaytarib yubordi. Qaytgan to'pni esa Mozes qo'li bilan o'ziga o'nglab oldi. Geyger xitlab qoldi buni.

41. Jon Obi Mikel sal bo'lmasa to'pni o'z darvozasiga kiritib yuborardi, san narigi darvozaga urishing kerak Mikeljon. Barnavul u tomonda.

39. Pogba ajoyib tarzda ikki raqibni ortda qoldirib to'pni "kichkina"ga uzatdi, u esa Debyushiga udarga tashlab berdi. Matening zarbasi kuchli, lekin noaniq chiqdi.

SHu bosh hakamning familiyasi g'alatiroq ekan. )

36. O'yindagi keskinlik pasaydi, sokinlashmoqda.

33. Mate Debyushi o'ng tomondan to'pni to'xtatmay zarba berdi, tushmadi oyog'iga.

31. Desham shogirdlari raqibdan kamroq hujum uyushtirishmoqda, lekin xavfliroq chiqayapti.

29. Bu kichkinani baland sakrashini qarang, yiqitaman deydi-ya.

28. Pogba zarba berdi, to'p himoyachiga tegib yarim yo'lda to'xtab qoldi.

27. Debyushining uzatmasi uzoqlarga ketib qoldi.

26. Afrikaliklar raqib bilan tengma-teng o'yin namoish etishmoqda.

24. Loris to'pni ushlab olayotganida Odemvingi mana sanga deb bir tepdi, bir tepdiii.

22. Pogbadan "pushkaaa" va Eneyamadan "mo'jiza". Valbuena to'pni o'ng qanotdan Pogbaga uzatdi, Pogbaning kuchli zarbasini Vinsent urib yubordi.

20. Endi Benzema maydonchada yolg'iz qolgan edi, lekin himoyachi shustriy ekan, off saydda qoldirdi Karimni.

19. Goooooooooool deb yozmoqchi bo'lgandim, lekin Musa Off saydda qolib ketgan ekan.

17. Emenikening zarbasi yuqoridan ketdi. Pastga bosish kerak, regbi emas-ku.

16. Matyuidi Toshkentlik Piter Odemvingini yiqitdi va jarima.

SHu daqiqaning o'zida Benzema to'pni chap qanotdan Jiruga uzatdi, "Arsenal" hujumchisi esa noaniq zarba berdi.

15. Nigeriya chap qanotdan jarimani amalga oshirdi, Loris ushlab oldi.

13. Onazi Pogbani yiqitaman deb o'zi "uxlabdi". Jarohati jiddiy emas deb umid qilamiz, har holda futboldagi eng yoqimsiz jihat bu - jarohatlar.

11. Valbuena va Pogba bir-birini tushunmay qoldi. Aniqrog'i, Pogba pasni juda kuchli berib yubordi. Axir u "kichkina" bo'lsa, oyoq ham "kalta". Qanday etib oladi?

10. Nigeriya termasi azosining zarbasini himoyachi qaytardi.


Bu matnlini kuzatib borayotganlarga

9. Mozesga mo'ljallangan to'p uzatilishi juda kuchli bo'ldi.

7. Afrikaliklar 2 ta hujum uyushtirishdi, foydasiz. Buni chigalyozdi hujumlari desa ham bo'ladi.

Bozokamiz Valbuenani "kichkina" deb atadi. Demak, buyog'iga biz ham "kichkina" deb turamiz. )

4. Francuzlar himoyadan hujumga juda katta tezlikda o'tishdi. Pogba to'pni Jiruga tashlab bermoqchi bo'lganida, himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

3. O'yindagi birinchi burchak zarbasini Nigeriya tepadi. Himoyachilar bartaraf etishdi.

Bugun Franciya oq, Nigeriya esa yashil libosda maydonda harakat qilmoqda.

1. Debyushi o'ng qanotdan xavf tug'dirishga uringan edi, Musa uni zararsizlantirdi.

O'yin boshlandi. Kettiiiik!!!

- Madxiyalar yangrab o'tmoqda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- O'yindan oldingi muxlislar harakatlarini slow motion kadrlarda tomosha qilish mazza-da.

- Nigeriya esa ishtiyoq evaziga bugungi o'yinda muvaffaqiyatga erishishi mumkin. O'yinchilarning saviyasi va tajribasi borasida ular francuzlar bilan bellasha olishmaydi. Lekin, bu yilgi mundial ko'plab syurprizlarni taqdim etayotganini inobatga oladigan bo'lsak, bu o'yindan ham istalgan natijani kutish mumkin.

- Desham anchayin hujumkor tarkibni maydonga tushirgan. Benzema, Jiru, Valbuena, Matyuidi va Pogba o'z nasibasini raqib jarima maydonchasidan qidiradigan futbolchilar sirasiga kiradi. Bu o'yinchilar bilan finalgacha borsa bo'ladi.


Futbol bahona, diydor g'animat

- Assalooom Mumbay (filmdan)!!! Bugungi matnli translyaciyamizni sizlar uchun shaxsan Boxokamizani hovlisidan Tolibjon Qosimov olib boradi. :)

- Uchrashuv 21:00 da boshlanadi.


 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика