So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

Franciya. "Lans" 90+8 va 90+11-daqiqada gollar o'tkazib mag'lub bo'ldi, Husanov to'liq o'ynadi Yangiliklar

Franciya. "Lans" 90+8 va 90+11-daqiqada gollar o'tkazib mag'lub bo'ldi, Husanov to'liq o'ynadi

Teglar :  LillLiga 1Lans
Liga 1 9-tur doirasidagi "Lans" - "Lill" o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Mezbonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni doimgidek asosiy tarkibda boshlaydi.

Lans – Lill 0:2

26 oktyabr, 23:59 | "Bollart-Delelis"

Gol: 0:1 – 90+8, penalti Devid, 0:2 – 90+11 Bayo.

Lans – Samba, Xusanov, Danzo, Gradi, Tomasson (El-Enaui, 83), Zaruri (Machado, 71), Medina, Diuf, Frankovski (Puyi, 46), Nzola (Labo-Laskari, 71), Sotoka (Fyuljeni, 71).

Lill – SHevale, Gudmundsson (Mandi, 62), Alessandro, Diakite, Mene, Andre Gomesh (Mukau, 66), Andre, Gomes (Fernandes Pardo, 66), Jegrova, Saxraui (Bayo, 83), Devid.

Ogohlantirish: Tomasson (13), Gudmundsson (20), Puyi (65), Mene (75), Gradi (86), Mandi (89), Devid (90+9).

Lens

Ligue 1 . 9-tur

27/10/2024, 01:00

2
:
0
Tugadi

Lille

Jonathan David - 90', Mohamed Bayo - 90'

Stadion: Stade Bollaert-Delelis, 38223 tomoshabin

Bosh hakam: Benoit Bastien

45'
90'
13'  Adrien Thomasson
46'  Przemyslaw Frankowski (Tom Pouilly)
65'  Tom Pouilly
71'  M'Bala Nzola (Remy Lascary)
71'  Florian Sotoca (Angelo Fulgini)
71'  Anass Zaroury (Deiver Machado)
83'  Adrien Thomasson (Neil El Aynaoui)
86'  Jonathan Gradit
90'  M'Bala Nzola
20'  Gabriel Gudmundsson
62'  Gabriel Gudmundsson (Aissa Mandi)
66'  Angel Gomes (Mathias Fernandez-Pardo)
66'  Andre Gomes (Ngal Ayel Mukau)
75'  Thomas Meunier
83'  Osame Sahraoui (Mohamed Bayo)
89'  Aissa Mandi
90'  Benjamin Andre
90'  Jonathan David
90'  Jonathan David
90'  Mohamed Bayo
90'  Mathias Fernandez-Pardo


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Alamli mag'lubiyat. So'nggi daqiqadagi penalti Husanov va uning jamoasi mag'lubiyatiga sababchi bo'ldi.

90+11. GOL! Vabankka qo'l urgan "Lans" himoyada hech kimni qoldirmadi va Bayo qarshi hujumda gol urib ketdi.

90+8. GOL! Devid penaltidan foydalandi va golni Ronaldu uslubida nishonlamoqda.

90+6. Yo'q, penalti bekor qilinmadi.

VAR VAZIYATGA ARALASHDI! Bu erda penalti qo'ymaslik uchun ham asos bor: to'p avvalo tanaga tegib, keyin qo'lga tegdi.

90+4. VVAAAYYYY!! "Lans" darvozasi tomon penalti! Danzo to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi.

O'yinga 6 daqiqa qo'shildi.

90. Jarimadan uzatilgan to'pni Danzo qaytardi va tezkor qarshi hujumga chiqib, Fyuljeni tomon to'pni oshirdi. Darvozabon joyini tashlab chiqdi va to'pni tepib yubordi.

89. "Lill" jarima zarbasiga ega bo'ldi.

86. Gradi markazda raqibini ushlab qolgani uchun sariq kartochka oldi. Huddi ikki tomon ham durangga rozidek ko'rinyapti.

Madridda "Barselona" "Real"ni ko'myapti. Bizdagi intriga esa hali hamon katta. Aytaman-ku, intrigasiz o'yinlarni ko'rishdan mano yo'q)

76. "Lans" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi. Keyin Machado to'pni erga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Himoyachining zarbasi esa kutilganidek tribuna tomon yo'l oldi.

73. UXXXXXX!! "Lill" futbolchilari bosim uyushtirishmoqda. "Lans" himoyasidagi to'rt vakil raqiblariga zarba uchun umuman imkon berishmadi.

70 daqiqa ichida "Lans" raqib darvozasi tomon 9ta noaniq, 4ta aniq zarba yo'llabdi. Raqiblarida esa 3ta va 1ta. Bu himoyaning yaxshi o'ynayotganidan darak)

63. ZARBAAAAAAA!! "Lans" himoyachisi xatosidan keyin Devid yaqin masofadan darvozaga zarba yo'lladi. Samba to'pni qaytardi!

60. Nega ahir?! Nega?! Sotoka zarba berish uchun to'pni o'ziga to'g'rilayotgan paytda Tomasson darvoza tomon soddagina zarba yo'llab qo'ydi.

3 kun oldin Madridda "Atletiko"ni ertishlatib, 3ta gol urgan "Lill" hozircha Husanov-Danzo duetidagi himoya chizig'ini yorib o'ta olmayapti.

53. Zaruri "Lill" darvozasi tomon zarba yo'lladi. Rikoshet va burchak zarbasi.

49. Husanov raqib hujumini bartaraf qildi va to'pni oldinga tepib yubordi.

47. UXXXXXX! "Lill" hisobni ochish uchuun qulay imkoniyatga ega bo'lgandi Zarba yo'liga Danzo g'ov bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus! Husanovning o'yinni yaxshi o'tkazmoqda. Faqatgina (16-daqiqadagi) bir vaziyatda xato qildi, to'pni raqibiga oldirib qo'yganidan keyin vaziyat chigallashib ketdi.  

45+1. ZARBAAAAAA! Kutilmaganda Zaruri uzoq masofadan zarba yo'lladi. SHevale to'pni arang qaytardi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.  

38. Bu vaziyatni ham xavfli desa bo'ladi. "Lans"ning chap qanotdan uzatilgan "podacha"si o'xshamagandek edi. Diuf to'pni to'xtatib berishi ham "emagandek" ko'rindi. Lekin to'p kutilmaganda Medinaga kelib tushdi. U esa himoyachiligi tutib qoldi va to'pni osmonga qarab tepdi.

32. Narigi tomonda Mbappening goli bekor qilingan paytda "Lans"ning uchovlon hujumchilari 100 foizlik imkoniyatlarni ko'kka sovurdi: avvaliga Nzola, keyin Tomasson va Sotoka.

29. Burchak standartidan keyin "Lans" hujumi ikki tempda davom etdi. Dastlabkisini himoyachilar qaytarishdi. Keyin Nzola to'pga zarba berishga chog'lanayotganida SHevale to'pni ushlab oldi.

26. "Lans" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Tomasson uzatgan to'pga bosh bilan zarba berish uchun jamoadoshining bo'yi kamida 4 metrli bo'lishi kerak ediyov.

23. Tomasson "Lill" jarima maydonchasiga kirib bordi va endi zarba beraman deb turganida uch himoyachi bir bo'lib to'pni olib qo'ydi.

20. Frankovskiĭni markazda qo'pollik bilan to'xtatgan Gudmunsson sariq oldi.

16. ZARBAAAAAAA! "Lill" futbolchilari "Lans" jarima maydonchasi ichida bilganicha pas o'ynashdi. Jegrova bir raqibini aldab (bu Husanov emasdi) darvoza tomon zarba berdi. Zarbani qaytarish Samba uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

13. Sokinlashdi degan so'zni eshitdi chog'i, Tomasson o'yinni qizdirish uchun boshqacha yo'lni tutdi. U raqibi Ribeyroni ortidan chalib yiqitdi va (yo'q joydan) sariq ishlab oldi.

12. O'yin biroz sokinlashdi.

6. UXXXXX!! "Lans" futbolchisi Nzola raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib borayotgandi. Posbon to'pni ushlab oldi.

4. ZARBAAAAAAAAA!!!! Qanotdan erlatib oshirilgan to'pni "Lans" futbolchisi Zaruri darvoza tomon yo'lladi. SHevaledan super seyv! Ushbu vaziyat gol bo'lganida assist Husanov bo'lgan bo'lardi(

3. Translyaciya rejissyorlari asosiy translyaciya uzatilayotgan kompyuterdan tasvirga biroz kontrast berib yuborishsa, o'yinni tuzukroq tomosha qilgan bo'lardik(

23-soniyadayoq hisob ochilishi mumkin edi. "Lill" futbolchisi chap qanotda "Lans" himoyasini yorib o'tdi va markazdagi Jegrovaga topni oshirdi. Futbolchining zarbasi anchagina noaniq ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Garchi ayni damda El Klasiko bo'layotgan bo'lsa-da, bizni ham kuzatib boradigan muxlislar topilar degan umidda Mirjalol Normatov matnli translyaciyani boshlamoqda)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика