Franciya kubogi finalida PSJ o'zidan byudjeti 318 barobar kichik bo'lgan klub bilan o'ynaydi
20 apr 2018 08:44
Yangiliklar
Franciya kubogi finalida PSJ o'zidan byudjeti 318 barobar kichik bo'lgan klub bilan o'ynaydi
PSJ Franciya kubogi finalida 3-divizion vakili “Le Arbe” bilan kuch sinashadi.
Francuz nashrlari mazkur ikki jamoaning moliyaviy holatini solishtirib ko'rdi.
ActuFoot malumotlariga ko'ra, parijliklarning yillik daromad va xarajatlari umumiy hisobda 540 million evroga teng.
Ikkinchi finalchi “Le Arbe” klubida esa bu ko'rsatkich 1,7 mlnga teng.Parijliklarning byudjeti raqibnikidan deyarli 318 barobar katta ekanligi ko'rinadi..
Fikrlar