Franciya klubining 15 yoshli futbolchisi yurak to'xtashi tufayli vafot etdi
14 fev 2019 17:17
Yangiliklar


Franciya klubining 15 yoshli futbolchisi yurak to'xtashi tufayli vafot etdi
"Reyms" o'smirlar jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Savan 13 fevral kuni olamdan ko'z yumdi.
Voqea bahs payti, 15 yoshli futbolchi do'stlari bilan o'ynayotganda yuz berdi. Savanning yuragi to'xtab qoldi, voqea joyiga etib kelgan shifokorlar o'smir hayotini saqlab qola olishmadi.
"Klub sodir bo'lgan voqeadan shokda. Savan oilasiga hamdardlik bildiramiz" - deyiladi "Reyms" "tvitteri"da berilgan xabarda.
Savan "Reyms"ning U14 va U15 jamoalarida o'ynagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar