Franciya. Ibragimovich shveciyaliklar orasida 35ta gol urgan ikkinchi futbolchi
08 may 2016 13:32
Yangiliklar


Franciya. Ibragimovich shveciyaliklar orasida 35ta gol urgan ikkinchi futbolchi
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich Franciya chempionati doirasidagi Gazelek Ayachchoga qarshi o'yinda (4:0) gol urdi.
Bu 34 yoshli futbolchi uchun bu mavsumdagi 35-gol bo'ldi. Zlatan ushbu ligada o'z hamyurtlari orasida ikkinchi bo'lib bu natijaga erishdi. 1952/53 yilgi mavsumda Marsel hujumchisi Gunnar Andersson 35ta to'p kiritgandi.
Biroq Ibragimovichda rekordni yangilash imkoniyati bor. Mavsum oxirigacha PSJ Bordo va Nant bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar