So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  5 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  0 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  31 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

Franciya FF prezidenti mahkamasi boshlig'i va Texnik direktori o'rinbosari yurtimizga tashrif buyurishdi Yangiliklar

Franciya FF prezidenti mahkamasi boshlig'i va Texnik direktori o'rinbosari yurtimizga tashrif buyurishdi

Franciya futbol Federaciyasi vakillari Toshkentga keldi.

Bu haqda O'FA rasmiy sayti xabar berdi.

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 23 yanvar kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Parijda Franciya futbol federaciyasi mutassaddilari bilan uchrashib, yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi.

Jumladan, Franciya futbol federaciyasi Prezidenti mahkamasi Xalqaro bo'lim boshlig'i Janob Kenni Jan Mari uchrashuv davomida bolalar futboli bo'yicha franciyalik mutaxassislarni O'zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Franciya jamoalariga jalb qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Evropa andozalari asosida yo'lga qo'yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o'rganishga yuborish masalalari muhokama qilingandi.

Ana o'sha kelishuvga ko'ra bugun 14 mart kuni Franciya futbol federaciyasi vakillari Franciya futbol federaciyasi Prezidenti mahkamasiboshlig'i Janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor o'rinbosari Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasida franciyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov qabul qilishdi.

Umid Ahmadjonov Janob Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryuni yurtimizda ko'rishdan juda ham xursand ekanini takidlab, jumladan, shunday dedi:

“Franciya dunyodagi futboli rivojlangan mamlakatlardan biri. SHu sababli O'zbekistonda futbolni rivojlantirish yo'lida Franciya bilan hamkorlik qilish biz uchun juda muhim. O'zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun hukumat darajasida etibor qaratilmoqda. Mana bugun Siz aziz mehmonlarning poyqadami qutlug' kelib, muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O'zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorga imzo chekdilar.


Endilikda yurtimizda futbolni, umuman, sportni rivojlantirishning yangi tizimi barpo etiladi. Buning uchun Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O'zbekiston futbol Associaciyasi birgalikda ish olib boradi. Biz ishni bog'chalardan boshlamoqchimiz. Bolajonlar o'rtasida sportni keng targ'ib qilish orqali turli sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish bosh maqsadimiz. Keyin maktab - Olimpiya zaxiralari kolleji – institut tizimida ish olib boriladi. Maqsadimiz, sportni, futbolni yuqori bosqichga olib chiqish va yurtimizdan Olimpiya va Jahon chempionlari chiqishini taminlashdan iborat.

Franciya futbol federaciyasi bilan yaqin hamkorlik qilish o'zbek futboli uchun katta manfaat keltirishiga ishonchim komil. Yurtimizda futbol akademiyalari yangi tizim asosida faoliyat yuritadi. Mazkur akademiyalarda franciyalik murabbiylar ish olib borishiga yordam bersangiz, boshimiz osmonga etgan bo'lardi. Bundan tashqari, Franciyadagi kuchli mutaxassislarni O'zbekiston futbol associaciyasiga ishga taklif etishda ham amaliy yordam ko'rsatishingizni istaymiz. Ular O'FAda ish olib borib, o'zbek futbolini yuqori bosqichga olib chiqishda o'z hissalarini qo'shishsa, Sizdan cheksiz minnatdor bo'lamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov.

O'z o'rnida Franciya futbol federaciyasi Prezidenti mahkamasi boshlig'i Janob Kenni Jan Mari O'zbekistonga tashrif buyurganidan juda mamnun ekanini aytib o'tdi.

“Siz bilan Franciyada uchrashganimizda O'zbekistonga borishga vada bergandik. Mana, vadamning ustidan chiqib, yurtingizga tashrif buyurdik. O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar juda ko'p ekanini yaxshi bilamiz. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida bosh sovrinni qo'lga kiritgani bejiz emas. Ana shu iqtidorlarni to'g'ri yo'naltirish orqali mamlakatingiz futbolda katta natijalarga erishishi mumkin. Siz yuqorida Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O'zbekiston futbol Associaciyasi birgalikda ish olib borishi borasida gapirib o'tdingiz. Bu juda to'g'ri yo'l. Franciya ham 40 yil avval mana shu yo'lni tanlagan. Franciya futboli ushbu darajaga etib kelguniga qadar katta yo'lni bosib o'tdi. Xato va kamchiliklarga yo'l qo'yildi.


Maqsadimiz, o'zimizning rivojlanish bosqichimiz bo'yicha tajribamiz bilan o'rtoqlashish. Buning uchun avval yurtingizdagi futbol bo'yicha umumiy holat bilan yaqindan tanishishimiz kerak. Keyin xulosa qilib, o'z takliflarimizni beramiz. Buning uchun janob Lyudovik Debryu O'zbekistonda menga qaraganda ko'proq qolib, vaziyat bilan yaqindan tanishadi. Superliga uchrashuvlarini stadiondan tomosha qiladi. Stadionlar, infratuzilmalarni ko'zdan kechiradi. Keyin o'zimizning amaliy maslahatlarimizni berishga harakat qilamiz”, - dedi Janob Kenni Jan Mari.

Franciya futbol federaciyasi vakillari ertaga O'FAda marketing bo'yicha yurtimizdagi mutaxassislar uchun seminar o'tkazishlari rejalashtirilgan. Keyin esa “Bunyodkor” stadioniga borib, u er bilan yaqindan tanishishadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика