Eshitdik-da! Fransiya FF O'zbekiston terma jamoasining barcha xarajatlarini o'zi ko'taradi

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2024
Xabaringiz bor, 5 iyul kuni O'zbekiston ayollar terma jamoasi Parijda Fransiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Fransiya ayollar terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 2-o'rinda turibdi. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Fransiya futbol Federatsiyasi mazkur o'yinning barcha xarajatlarini (O'zbekiston delegaciyasining Parijga uchib borish va qaytishi chiptalari, Parijda yashash, ovqatlanish va mashg'ulot o'tkazish vahokazo) o'zi ko'targan.

Ma'lumot uchun, katta delegaciyaning Parijga borib qaytish chiptalari narxi taxminan 30-35 ming AQSH dollari bo'ladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia