So’nggi yangiliklar

15:40Али Хасиф: "Ўзбекистон енгиб бўлмас тўсиқ эмас"  6 15:24Аллегри "Милан"га қайтди  0 15:12"Реал" янги футболчисини эълон қилди  4 15:03БАА терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  9 14:44Эшитдик-да! "Нефтчи" раҳбариятида истеъфо  12 14:44"Дутор" ва "Котта Болла"дан ғалабалар — Like Cup мусобақасидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:51Доннарумма вакили ПСЖ ҳақида: "Агар янги шартнома имзоламасак, бошқа вариантларни кўриб чиқамиз – ҳеч нарсани истисно қилмаймиз. Жанлуижи Парижда хурсанд".  0 13:12Россияга қарши баҳс учун Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  7 12:43Ўзбекистон - Қатар учрашуви учун чипталар офлайн сотилади  23 12:09Ла Лига мавсумида ВАРнинг энг кўп қарорлари "Реал"га қарши қабул қилинган – 16 та, "Барса"га қарши – 7 та  30 11:37ФИФА Анчелоттининг Бразилия терма жамоасига тайинланиши бўйича тергов бошлади  2 10:52Италия грандларига "Реал" ҳужумчиси керак  3 10:23Тен Хаг МЮдан собиқ футболчиларини олиб келмоқчи  6 09:54МЮ Осимхенни қўлга киритиш учун "Наполи"га ўз футболчисини таклиф қилди  1 09:25“Реал“ ва “Ливерпуль“ ниҳоят келишувга эришди  5

JCH-2018. Franciya qiyinchilik bilan Avstraliyani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2018. Franciya qiyinchilik bilan Avstraliyani mag'lub etdi

JCH-2018ning 1-turi davom etmoqda.

Franciya - Avstraliya uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib boring:

YANGILASH

O'YIN YAKUNLANDI. FRANCIYA TERMASI QIYINCHILIK BILAN G'OLIBLIKKA ERISHDI.

90+4. Avstraliya hujum uyushtirmoqda. Jamoaning zarbalarini franciyaliklar qaytarishdi. Masala halga o'xshamoqda. Bugun Avstraliya juda yaxshi o'yin namoyish qildi.

90+3. Avstraliyaning taslim bo'lgisi kelmayapti.

90+1. Avstraliya raqib jarima maydonchasi yaqinida kichik bosim uyushtirdi. Biroq bundan naf chiqmadi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

88. O'yin surati tushgani yo'q. Jamoalar ilk daqiqalarda maydonga tushgandek tetik. Biz dahshatli so'nggi daqiqalarni ko'ramiz.

Uchrashuvdagi gollarni telegramdagi sahifamiz orqali tomosha qiling: https://t.me/joinchat/AAAAADwZeeCgwpWtRNIgqA

85. O'yinning ikkinchi bo'limi anchagina qiziqarli o'tmoqda. 

84. Franciya raqib jarima maydonchasi ichida bosimni oshirmoqda.

80. GGGGGGGGGGOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!!!!! POOOOOOOOOOGGGGGGGGGGBBBBBBBBAAAAAAAAAA!!!! 2:1. Pogba yaqin masofadan to'pni darvozabon ustidan tashlab qo'ydi.


78. O'zgarish. Sariq kartochka ishlab olgan Tolisso o'rniga Matyuidi tushirildi.

76. Tomi Jurich oldinga ketayotgan bir vaqtda Korenten Tolisso uni yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

75. Fekirning bir o'zi uzoq masofani bosib o'tdi va raqib jarima maydonchasi ichigacha bordi. Ammo Mbappega to'pni oshirish chog'ida xatolikka yo'l qo'ydi.

73. Franciya bosimni oshirishga intilmoqda, biroq Avstraliya futbolchilari zaxira kuchini ishga solmoqda. Hech kim bunday o'yin scenariysini kutmagandi.

71. O'zgarish. Jurich o'rniga Irvin tushirildi.

70. Franciya tarkibida bir yo'la ikki o'zgarish. Grizmann va Dembele o'rniga Fekir va Jiru maydonga tushdi.

69. Mbappening zarbasini himoyachi qaytarib qoldi.

65. O'yin qizigandan qizib bormoqda. Hozir Avstraliya himoyachisi xato qildi. Mbappe gol urishi mumkin edi, biroq Rayan epchilroq harakat qildi.

63. O'zgarish. Endryu Nabbut o'rniga Tommi Jurich tushirildi.

61. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! YEDINAKKKK!!! 1:1!!! Yedinak ham penaltini aniq amalga oshirdi.

60. PENALTIIIIIII!!! AVSTRALIYA FOYDASIGA!!! Umtiti to'pni qo'li bilan o'ynadi.

59. Franciya tezkorlik bilan hujumga o'tdi. Mbappe raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va to'pni Grizmannga oshirib berdi. Uning ilk zarbasini himoyachilar, ikkinchisini posbon qaytardi.

57. Ogohlantirish. Rizdon.

57. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!!! GRIZMANNNNNNNNNNN!!! 1:0. Grizmann penaltini aniq amalga oshirdi.

56. JAHON CHEMPIONATI TARIXIDA ILK MARTA VAR TIZIMI ORQALI PENALTI BELGILANDI.

54. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Pogba maydon markazidan Grizmannga mo'lajjalab pas berdi.

53. Avstraliya hujumlar tashkil etmoqda. Biroq ularga buni yakunlaydiganlar etishmayapti. Aziz Bexich esa qo'pollik ishlatdi.

51. Ikkinchi bo'lim boshidan francuzlar o'yinning borishini nazorat qilishmoqda.

50. Metyu Leki hozir fol ishlatdi. Unda sariq kartochka bor, extiyot bo'lishi kerak.

48. Franciya hujumga o'tdi. Pogba to'pni o'ng qanotdagi Ernandesga oshirib berdi. Uning jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi


TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45.ZARBAAAAAAAAA!!! Aziz Bexichning zarbasi biroz noaniq ketdi. Loris vaziyatni nazorat qilayotgandi.

44. O'tgan bir necha daqiqalarda Franciyaning katta ustunligi sezilmoqda. Biroq francuzlar golga tortadigan vaziyatlarni yarata olishmadi.

43. Dembele termaning "yukini" o'zi ko'tarishga harakat qilmoqda. Biroq hozircha uning o'yinlariga nimadir etishmayapti.

42. Franciya hujumga o'tdi. Avvaliga Grizmann, keyinchalik Tolisso yiqildi. Ular yiqitilmadi.


39. Nabbut Lyuka Ernandesni yiqitdi. Qo'pollik bo'lgandi.

38. Avstraliya agressiv o'yin ko'rsatmoqda.

36. Trent Saynsburi xato qilgandi. Raqibi to'pni egallab olgan bir vaqtda Aaron Muy Mbappedan to'pni olib qo'ydi va xavfni bartaraf etdi. Avstraliyaliklarning bo'sh kelgisi kelmayapti.

35. Jiru hozir o'yinni shu tarzda kuzatib bormoqda.


34. Germaniyadagilar nima qilyapsizlar? Yana bir to'p foydalanishga yaroqsiz bo'lib qoldi.

33. Franciya yana hujumga o'tmoqda.

31. Grizmann hujumga o'tdi. Deyarli birga bir holatda edi. Biroq himoyachilar vazifasini o'z vaqtida amalga oshirdi.

30. G'alati holat. To'pning havosi chiqib ketdi va boshqasiga almashtirildi.

29. Muyning oshirgan to'pini Loris ushlab oldi.

28. Avstraliyada xavfli vaziyat.

25. O'yinning borishi biroz o'zgardi. Asosan markazda o'yin kechmoqda.

23. Usmon Dembele hujumga o'tgandi. Biroq uni yiqitishdi. Hech nima bo'lmadi dedi hakam.

22. Avstraliya pozicion hujum uyushtirmoqda.

20. Okeaniyaliklar hujumga o'tishni ko'paytirishmoqda. Hozir Yumtiti vaziyatni yumshatdi.

18. Avstraliya burchak to'pidan foydalana olmadi. Hujumda fol ishlatildi.

17. ZARBAAAAAAAAA!!! Rikoshet natijasida Franciya gol o'tkazib yuborishi mumkin edi. Loris qutqardi.

15. Pogba Mbappega uzun pas bergandi. Biroq noaniq. Hozircha avstraliyaliklar asosiy vaqtini himoyada o'tkazmoqda.

14. Avstraliya jarima maydonchasi yaqinida Franciya xavfli jarima zarbasini amalga oshirdi. Mbappening uzatgan to'pini Aaron Muy tashqariga chiqarib yubordi.

13. Ogohlantirish. Metyu Leki.

12. Jarimadan oshirilgan to'p avstraliyaliklarga tegib, maydonni tark etdi. Avstraliyaliklarning ilk xavfli vaziyati samarasiz.

11. Franciya raqib jarima maydoni yaqinida bosimni oshirayotgan bir vaqtda Avstraliya xavfli jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

10. Franciya kichik paslar orqali hujumga o'tishga intilmoqda.

8. Mbappening jarimadan oshirgan to'pi Aziz Bexichga teggan holda darvozabonga bordi. O'yin yuqori tezlikda boshlandi.

7. Franciya raqib jarima maydonchasi yaqinida bosimni oshirmoqda. Lyuka Ernandes jarima zarbasini ishlab oldi.

6. ZARBAAAAAA!!! Grizmanning bergan zarbasini darvozabon Met Rayan ushlab oldi.

4. Pogbaning jarima zarbasidan tepgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

2. Ilk daqiqalardanoq Franciya hujumga o'tgandi. Biroq avstraliyaliklar himoyada yaxshi o'ynashdi.

1. O'YIN BOSHLANDI



- Oz qoldi do'stlar. O'yin boshlanish arafasida.

- Davlatlarning madhiyalari yangramoqda.

- Termalar maydonga chiqib kelishmoqda. O'yin boshlanishiga oz qoldi.

- Hozircha "Qozon Arena" to'lib toshmagan. Biroq bu o'yin suratiga tasir o'tkaza olmaydi degan umiddamiz. Franciya - mundial g'olibligi uchun asosiy davogarlardan biri.

France

Antoine Griezmann - 58', Aziz Behich - 81'

World Cup Grp. C . 1-tur

16/06/2018, 16:00

1
:
2
Tugadi

Australia

Mile Jedinak - 62'

Stadion: Kazan Arena, 41279 tomoshabin

Bosh hakam: Andres Cunha

45'
90'
58'  Antoine Griezmann
70'  Antoine Griezmann (Olivier Giroud)
70'  Ousmane Dembele (Nabil Fekir)
76'  Corentin Tolisso
78'  Corentin Tolisso (Blaise Matuidi)
81'  Aziz Behich
13'  Matthew Leckie
57'  Joshua Risdon
62'  Mile Jedinak
64'  Andrew Nabbout (Tomi Juric)
72'  Tom Rogic (Jackson Irvine)
84'  Robbie Kruse (Daniel Arzani)
87'  Aziz Behich

Franciya - Avstraliya 2:1
Hakamlar: Andres Kunya (Urugvay), Nikolas Taran (Urugvay), Maurisio Espinoza (Urugvay), Julio Baskunan (CHili).
Videoassistentlar: 
Mauro Vigliano (Argentina), Ernan Maydana (Argentina), Geri Vergas (Boliviya), Tyago Bruno Lopes Martins (Portugaliya).

Gol: Antuan Grizmann (58-penalti), Mile Yedinak (61-penalti), Pol Pogba (81).
Franciya: Ugo Loris, Benjamen Pavar, Rafael Varan, Samuel Yumtiti, Lyuka Ernandes, Pol Pogba, Korenten Tolisso (Blez Matyuidi, 78), N'Golo Kante, Antuan Grizmann (Olive Jiru, 70), Kilian Mbappe, Usmon Dembele (Nabil Fekir, 70).
Avstraliya: Metyu Rayan, Mark Milligan, Aziz Bexich, Joshua Risdon, Trent Seynsberi, Aaron Muy, Mayl Edinak, Tommi Rogich (Tomi Jurich, 71), Metyu Leki, Robbi Kruz, Endryu Nabbut.
Ogohlantirish: Metyu Leki (18), Rizdon (57), Tolisso (76).

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика