

"Iguainning o'zi qarorni qabul qiladi. Hozirda u "Yuventus" bilan shartnomasini bekor qilish borasida ishlamoqda. Shu boisdan biz bu ishga keyinroq qaytamiz. Gonsaloning o'zi qaytishni istayotgani biz uchun juda muhim. Biz u o'z kelajagi borasida bir qarorga kelishini kutyapmiz.
Klubning eng yorqin insonlaridan biri jamoa sharafini himoya qilish uchun qaytayotgani doimo yoqimli. Biz uchun Iguain kerak, u shu yerda katta bo'ldi. Uning otasi ham shu yerda o'ynagan", - dedi Francheskoli.
Iguainning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi.



