So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  39 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  22 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

Franchesko Totti: Qaniydi, 10 yil yosharib qolsam… Yangiliklar

Franchesko Totti: Qaniydi, 10 yil yosharib qolsam…

Romaning betakror sardori Franchesko Totti 40 yoshli yubileyiga munosib sovg'a hozirladi

Torinoga qarshi safar o'yinining ikkinchi bo'limida maydonga tushgan faxriy futbolchi 55-daqiqada A seriyasidagi 250-golini nishonladi. U shu o'yindan so'ng tug'ilgan kuni munosabati bilan Rim klubi telekanali - Roma TVga maxsus intervyu berdi.

- Torino bilan o'yinda A seriyasi doirasida  250-golingizni urdingiz. Ko'rinishidan, afsonaviy Piolo rekordini yangilashni xohlashingiz haqidagi gaplaringiz hazil emas, shekilli.


- Ochig'i, bu masalada bazan hazil ohangida gapirgan bo'lsam, gohida mutlaqo jiddiy fikr bildirganman. Xullas, shunday deyman, Piolo natijasini yangilash futboldagi maqsadlarimdan biridir, to'g'ri, buni amalga oshirish deyarli imkonsiz ish ekanligini yaxshi bilaman. Umuman olganda, doimo jamoaviy yutuqlarni birinchi o'ringa qo'yganman. SHu manoda aytsam, biz yaxlit va ahil jamoa sifatida har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz. Buning oldida shaxsiy maqsad va vazifalar bir chetda turishi kerak.

- Yubiley golning sizga uncha tatimagani aniq - jamoangiz Torino bilan o'yinda omadsizlikka yuz tutdi - 1:3. Turinda o'zi nima bo'ldi?


- Bilmayman. Maydonda mashg'ulotlar davomida ishlangan reja asosida harakatlanmadik va murabbiylar ko'rsatmalarini ham to'liq bajarolmadik. Ehtimol, ortiqcha ishonch pand bergandir. Zero, Turinga ketayotib, odatdagidek,  o'z o'yinimizni ko'rsatgancha ortga g'alaba bilan qaytishga shubha qilmagandik. Biroq harakatlarimizda nimadir o'xshamagach, negadir hafsalani yo'qotdik. Lekin muvaffaqiyatsizlikka qaramay, barchamiz hamon yakunda g'alaba qozonish qo'limizdan kelishiga ishonmoqdamiz.

- Mavsum endi boshlangan bo'lsada, Romada ham yuksalish, ham pasayish kuzatildi. Sizningcha, start bosqichida jamoangizga nima etishmadi?


- Barqarorlik. Yani natija bobidagisi. Ayrim hollarda talab darajasida ishtiyoq sezilmadi. Vaholanki, o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan jamoa mudom katta istak bilan o'ynashi kerak. Ha, albatta, barchasiga o'zimiz aybdormiz, chunki qanday o'ynash avvalo, jamoaga bog'liq. Lekin qaerdadir omad yuz o'girgani ham ayni haqiqat. Demoqchimanki, natijalarimizda malum darajada omadsizlik tasiri ham bor. Fakt shuki, ayrim bahslarda ko'zlangan natijaga erisholmadik. SHunga qaramay, umidni saqlab qolganmiz va hali barchasini to'g'rilashga imkonimiz bor. SHaxsan men jamoamiz yana yuqori saviyaga chiqib olishiga ishonaman.

- Ha, qimmatli ochkolar boy berilganiga qaramay, Roma turnir jadvalining tepa qismida boryapti. SHunday ekan, jiddiy xulosa chiqarishga hali erta.


- Har bir kishi o'ylash va gapirish huquqiga ega. Biroq sentyabrdayoq xulosa chiqarish boshqayu, aprelda sarhisob qilish boshqa. Hozirgacha qayd etilgan g'alati mag'lubiyatlarimiz va bitta durang hech narsani anglatmaydi. Doimgi gapimni takrorlayman, agarda barqarorlikka erishishni uddalasak, Napolidan ham, Yuventusdan ham o'zib ketamiz, albatta.

- Ishonchimiz komil, bu savolni million martalab eshitgansiz. SHunga qaramay, yana so'raymiz: bunchalik uzoq faoliyat yuritishingiz siri nima?


- Eng munosib javob - ehtiros, hissiyot, ishtiyoq. Qolgan barcha jihatlar shu xislatlar ortida. Axir ming iqtidorli bo'lsangda, ishtiyoqsiz hech vaqoga erisholmaysan. SHuningdek, cho'qqiga eltuvchi yo'l zamirida mehnatning o'rni katta. Sizga aytsam, kundalik hayot tarziga og'ishmay amal qilsangiz, yoshingiz o'z ahamiyatini yo'qotadi. SHaxsan men hozirgacha barchasini to'liq nazorat qilaman - sportchiga nima mumkin va nima taqiqlanganini hech yodimdan chiqarmayman. O'z o'rnida, tan olishim kerak, muvaffaqiyatli o'ynashda davom etishimda meni chinakamiga qo'llab-quvvatlab turganlarning hissalari beqiyos. Yaqinlarim va atrofimdagi shaxslarning daldalari bilan ichki potencialim hali tugamaganini his etaman va bunda maydonga tushib ko'ngildagidek to'p surishim ancha oson. Muhimi - xotirjamlik, professional yondashuv. Hayot insonga bir marta beriladi. Bas, shunday ekan, maksimal darajada zavqlanish, ham maydon, ham uning tashqarisida o'zingni yaxshi his qilishga intilishing zarur. Yoningda senga ko'maklovchi oilang, baxtiyor umr yo'ldoshing va bolalaring bor ekan, yana nima kerak? Uyda seni qadrdonlaring intizor kutishayotganini o'ylashning o'zi katta baxt emasmi?

- O'g'lingiz Kristian ham 40 yoshigacha professional futbolchi sifatida o'ynashini xohlarmidingiz?


- Bir tomondan, uning faoliyati yaxshi rivojlanishidan umidvorman. CHunonchi, hozirda futboldan chinakamiga zavq olayotganini ko'rib turibman. O'g'lim futbolni mendan-da qattiqroq sevadi - go'yoki, aqlini yo'qotadigan darajada. Deylik, qaerdadir o'ynash yoki o'ynamasligidan qatiy nazar, to'p doimo yonida. Kristian darhaqiqat, oxirgi 2-3 yil ichida mutlaqo o'zgardi. Boshqa tarafdan qarasak, uning futbolchi bo'lishiga qarshi chiqishim keladi. Negaki, futbolkasining ortiga yoziladigan Totti familiyasi bilan o'ynab ketishi oson emas. Tabiiy ravishda o'g'limni mudom menga qiyoslashadi. Bunday holatda bolaning o'zini tutib olishi juda-juda murakkab. Ochiq gapirganda, shu narsadan xavotirim bor. CHunki meyoridan ortiq bosim va etibor nimalarga olib kelishi mumkinligini yaxshi bilaman.

- Aytingchi, o'smirlik chog'i biror marta bo'lsin, 40 yoshgacha o'ynashni orzu qilganmidingiz?


- Yo'q. SHu yoshga qadar faoliyat yuritish hattoki, tasavvurimga ham sig'masdi. SHunday yuqori saviyada bitta klubda, 10-raqamli futbolka va sardorlik bog'ichi ostida o'ynash haqida-ku gapirishim ham ortiqcha. Balki futbolchi sifatida tanilishni orzu qilgandirman. Biroq bilamizki, bolalikdagi barcha orzular ham amalga oshavermaydi. Xudoga shukrki, menda hammasi ko'ngildagidek bo'ldi va endi oxirgi nafasimgacha bundan rohatlanishni istayman.

- Xo'sh, joriy yil uchun ko'zlangan qandaydir alohida maqsadingiz bormi?


- Evropa Ligasi final o'yinida gol urishdan umidvorman.

- 40 yoshli yubileyga nimani eng yaxshi sovg'a sifatida qabul qilardingiz?


- Eh, qaniydi, 10 yilga yosharib qolsam... Ha, 10 yilga - bu kam emas. O'z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkin, futbolchi uchun eng yaxshi davr - bu 30-35 yoshli payti.

- Muxlislarning sizga nisbatan muhabbatlari hech qachon so'nmaydi. Ular yubiley sharafiga minglab SMS-xabar jo'natishgani tayin. Sizda ham fanatlarga atalgan SMS bormi?

... intervyuning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика