Franchesko Totti: “Hozirgi narx-navo bo'yicha bahoim 200 mln evro bo'lardi”
14 fev 2018 01:22
Yangiliklar
Franchesko Totti: “Hozirgi narx-navo bo'yicha bahoim 200 mln evro bo'lardi”
“Roma” afsonasi Franchesko Totti o'z vaqtida Rim klubiga hurmati sabab “Real”ga rad javobini bergani va faoliyatiga doir boshqa qiziqarli malumotlar bilan o'rtoqlashdi.
“Aytishga arzigulik taklifni 2003-2004 yilgi mavsumda “Real” klubidan olgandim. O'shanda “Roma”ga hurmatim sabab bu taklifga keskin rad javobini berganman. Maqsadim bitta jamoada faoliyatimni yakunlash bo'lgan edi.
Bu bilan qaysidir manoda men o'shanda ko'plab sovrinlardan ham voz kechganman. Sovrinlar uchun hech qachon achinmayman. Birgina armonim bu “Oltin to'p” bo'lib qoldi. Agar “Real”, “Yuventus” yoki “Milan”da o'ynaganimda bu orzumga ham erishardim.
Hozirgi narx-navoga ko'ra transfer summa qanchani tashkil qilishi mumkin edi? Aniq ayta olaman, kamida 200 mln evro”, - dedi Totti Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar