So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Fozil Musaev Yaponiyadagi koronavirus va karantin haqida nimalar dedi? Yangiliklar

Fozil Musaev Yaponiyadagi koronavirus va karantin haqida nimalar dedi?

O'zbekistonlik tajribali futbolchi, “Nasaf” tarkibida OFK kubogini yutgan, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati finalchisi Fozil Musaev hozirda “Jubilo Ivata” klubida harakat qilmoqda.

Yarim himoyachi ayni vaqtda Yaponiyadagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

“Bu erdagi vaziyat ham jiddiy. CHempionat o'yinlar qachon boshlanishi haqida aniq malumot berishmadi. Menimcha, uchrashuvlarga iyun oyidan vohli start berilmasa kerak. Agarda, vaziyat ijobiy tomonga o'zgaradigan bo'lsa ichki chempionat yuqori va quyi liga bahslari iyundan boshlanishi ehtimoli mavjud. Jamoamiz bilan har kuni mashg'ulotlarni davom ettirmoqdamiz. Sport formamizni ushlab turishga harakat qilyapmiz. Asosan jismoniy jihatdan trenajorda va to'p bilan mashqlarni bajaryapmiz. 

O'tgan yili J1 ligadan J2 ligaga tushib ketdik. Maqsadimiz elitaga qaytish va kuchli jamoalar bilan avvalgidek kurashni davom ettirish. O'ylaymanki, biz bu ishni uddasidan chiqa olamiz. Jamoada futbolchilarning kuchi va salohiyati etadi. 

Hozirda asosiysi koronavirusni oldini olish. Ayrim klublar hatto mashg'ulot o'tamayapti. CHunki, ular istiqomat qiladigan shaharda holat biznikiga qaraganda ozgina og'irroq. Jamoadan ketish haqida o'ylamadim. Boisi shartnomam bor edi. Yurtimizdagi futbol ishqibozlariga mustahkam sog'lik va salomatlik tilab qolaman”, - deydi Musaev.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика