Fozil Musaev uzoq muddatga safdan chiqdi, FIFA uning klubiga pul to'laydi
04 apr 2018 16:23
Yangiliklar


Fozil Musaev uzoq muddatga safdan chiqdi, FIFA uning klubiga pul to'laydi
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev Marokash bilan o'yinda jarohat oldi.
27 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi Kasablanka shahrida Marokash bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'sha o'yinning birinchi bo'limi oxirida Musaev jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'lgandi. Tibbiy ko'rikdan so'ng uning jarohati jiddiyligi aniqlangan. Futbolchi yaqin bir necha oy davomida maydonga tusha olmaydi.
Yarim himoyachi terma jamoa safida jarohat olgani uchun FIFA uning klubi bo'lgan "Jubilo Ivata"ga kompensaciya puli to'lab beradi.
Biz Musaevga tezroq tuzalib safga qaytishini tilaymiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar