Fozil Musaevning jamoadoshi faoliyatini Yevropada davom ettiradi

Eldor Akmurzayev
2 avg 2019
Jubilo Ivata yarim himoyachisi Jerson Rodriges Kievning Dinamo klubi futbolchisiga aylandi.

Kelishuv 5 yilga mo'ljallangan bo'lib, Lyuksemburg termasi a'zosi yangi jamoasi safida 22 raqam ostida harakat qiladi. 

Ukraina klubi 24 yoshli xavbekning transferi uchun 2 mln evro sarflagani aytilmoqda. 

U o'tgan mavsum Yaponiya chempionatida 15 bahs o'tkazib, 5ta gol urishga erishdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcdynamo.kiev.ua