So’nggi yangiliklar

23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:45"Астон Вилла" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  1 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  19 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  28 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  8 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2 18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  11 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  7 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  26 17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  1

Fozil Musaev: “Qatarda o'tkazgan faoliyatim keyinchalik menga asqotadi” Yangiliklar

Fozil Musaev: “Qatarda o'tkazgan faoliyatim keyinchalik menga asqotadi”

Etibor berayotgan bo'lsangiz, so'nggi paytlarda futbolchilarimizning xorij klublariga ko'chib o'tayotgani nisbatan oshmoqda.
Bilamizki, har bir o'yinchi legioner sifatida chet elda o'ynashni istaydi. Iqtidorli o'yinchilarimizdan biri Fozil Musaev ham niyati amaga oshib Qatar chempionatiga ko'chib o'tgandi. U erda o'tgan yildan beri “Al Muayzir” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi. Biroq yaqinda futbolchi klub bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilib Toshkentga qaytib keldi. Fursatdan foydalangan holda uning o'zi bilan bog'lanib vaziyatga oydinlik kiritdik.

- Qatardagi faoliyatingizni yakunlashingizga nima turtki bo'ldi?
- SHartnomani bekor qilishimga klub tomonidan etarlicha sharoit yaratib berilmaganligi, oxirgi paytlarda mag'lubiyatlar ko'payib ketganligi sabab bo'ldi. SHartnomada ko'rsatilgan bazi sharoitlarni menga havola qila olmadilar. Baribir jamoaning mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgani, oxirgi o'ringa tushib ketgani ruhiyatimga salbiy tasir qilishni boshladi.

- Darhaqiqat “Al Muayzir”ni kuzatib borganimizda jamoa tinmasdan yutqazmoqda. Aslida, nima bo'ldi?
- Etibor bergan bo'lsangiz, klub o'zgarish qilish maqsadida ikki-uchta legionerlarni ham almashtirdi. SHundan keyin ham jamoa o'yinida o'zgarish sezilmadi va ketma-ket mag'lubiyatlarga uchrashda davom etaverdik. Ochig'ini aytsam, “Al Muayzir” Qatar yulduzlar ligasida ishtirok etish uchun to'liq shakllanmagan. Mahalliy futbolchilarga nazar tashlasak, ikki-uchta o'yinchidan tashqari qolganlarida to'p surish tajribasi deyarli yo'q. Oddiy vaziyatlarda ham kulguli xatolarga yo'l qo'yishadi. Keyin esa jamoa o'ziga kela olmasdan o'yinni boy beradi. Qolaversa, birin-ketin mag'lubiyatlar bo'lavergach, hech bir futbolchining o'yini qovushmadi.

- Keyinchalik faoliyatingizni ushbu klubda davom ettirganingiz tufayli afsuslanmadingizmi?
- Yo'q, afsuslanmadim. Nima bo'lganda ham xorij futbolini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Bu narsa hayotimda muhim ahamiyatga ega edi. Keyinchalik yana chetga chiqmoqchi bo'lsam, bu borada menda endi etarlicha tasavvur bo'ladi. Legioner sifatida to'p surib hayotiy tajriba ham oldim.

- “Al Muayzir” bilan oxirida qanday xayrlashdingiz?
- Hech qanaqa muammo bo'lgani yo'q. Bir necha bor klub prezidenti va uning yonidagi insonlar bilan gaplashganimda ham bunday sharoitda o'ynay olmasligimni ularga aytdim. To'g'risi, bunday sharoitda to'p surish va bunday mag'lubiyatlar menga qattiq tasir qilayotgandi. SHularni rahbariyatga alohida takidladim. Xullas, ular bilan kelishgan holatda shartnomani bekor qilishga qaror qildik. Ikkala tomon ham bir-birimizni to'g'ri tushunib xayrlashdik. SHu sababdan o'rtamizda muammo kelib chiqqani yo'q.  

- Bungacha Qatarda to'p surgan Jasur Hasanov va SHavkat Mullajonov bir muncha muvaffaqiyatli faoliyat olib borishgandi. SHulardan kelib chiqqan holda sizning ham u erdagi faoliyatingiz omadli bo'lishini kutgandik.
- Har bir o'yinchi yangi jamoaga qo'shilsa albatta yaxshi maqsadlar uchun harakat qiladi. Lekin men tinimsiz mag'lubiyatlarga sira ham ko'nika olmadim. Uning ustiga boya aytganimdek, klub shartnomada ko'rsatilgan ayrim bandlarni bajarmadi. Aslida men ham bu erga katta maqsadlar bilan kelgandim. Agar hammasi binoyidek bo'lganida klubdan ketmagan bo'lardim.

- Jamoadagi muhit yaxshimidi?
- Oxirgi paytlarda muhit o'zgarib qolgandi. Mag'lubiyatlar tufayli muhit asta-sekin yomonlashib borayotgandi.

- “Al Muayzir”ni tark etganingizdan keyin Qatarning o'zidan boshqa takliflar bo'lmadimi?
- Transfer oynasi yopiladigan 31 dekabr kuni klub bilan barcha masalani hal qilib olgandik. SHuning uchun menda boshqa klubga o'tish imkoniyati yo'q edi.

- Siz endi erkin agent futbolchi maqomiga ega bo'ldingiz. Bundan keyingi faoliyatingizni qaerda davom ettirishingiz hammani qiziqtiryapti?
- Ochig'i, bu borada hozir bir narsa deya olmayman. Xorijda o'ynash uchun transfer oynasi yopilgani sababli buning ilojisi yo'q deb o'ylayman. SHuning uchun faoliyatimni o'zimizda davom ettirsam kerak. Faqat yozdagina xorijga chiqish imkoniyati bo'ladi. Ungacha oliy ligada to'p sursam kerak.

- Umuman olganda, Qatardagi faoliyatingizdan qanday taassurotlar qoldi?
- Bilasiz, Qatarda kuchli legionerlar to'p surishadi. SHunga qarab u erda o'zimga yarasha yangi qirralarni oldim deb o'ylayman. Etakchi jamoa va kuchli o'yinchilarga qarshi to'p surib keyinchalik faoliyatimda asqotadigan narsalarni o'zlashtirdim.

- Qatardagi muvaffaqiyatsiz faoliyatingiz davomida yodda qoladigan o'yinlar ham bo'ldimi?
- “Al Rayyan”, “Al Xurriyat”, “Al Xor” kabi jamoalarga qarshi o'yinlarni aytishim mumkin. Yutayotgan o'yinlarimizda yutqazib qo'yganimiz chakki bo'ldi.

- Qatarda to'p surishning salbiy va ijobiy tomonlari nimalardan iborat?
- Bu erda futbol o'ynash uchun shart-sharoitlar juda yaxshi. U erda kuchli legionerlar bor. Ularga qarshi to'p surish hamda jamoadosh sifatida o'ynashni hamma orzu qiladi. Har bir klubda o'ziga yarasha nomdor legionerlar bor. Har bir futbolchi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirsa bu uning keyingi hayotida albatta ijobiy tasir qiladi.

- Demak, sizga salbiy tomonlari ko'rinmadimi?
- O'ziga yarasha salbiy tomonlari bor, ammo buni ommaga oshkor qila olmayman. Qatarda o'ynashning faqat ijobiy tomonlari bor deya olmayman.

- Qatarga “Bunyodkor” orqali ketgandingiz. Balki yana sobiq jamoangizga qaytish haqida o'ylayotgandirsiz?

- Bu haqida hozir hech nima ayta olmayman. SHu haftada hammasi hal bo'ladi deb o'ylayman.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика