Fozil Musaev jamoasi so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutilib qoldi (+FOTO)
21 okt 2017 15:24
Yangiliklar
Fozil Musaev jamoasi so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutilib qoldi (+FOTO)
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev to'p tepadigan "Jubilo Ivata" Yaponiya chempionatining 30-turida "Albrieks Niigata"ni qabul qildi.
Hamyurtimiz ushbu bahsda 64-daqiqa to'p tepdi. O'yinda ilk gol mehmonlar futbolchisi Roni tomonidan urildi. Kentaro Oi 39-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo'lsa, birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida Atsushi Kavata yana mehmonlarni oldinga olib chiqdi. "Jubilo Ivata" bahs oxirida mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Ushbu gol Adaylton hisobiga yozildi.
"Jubilo Ivata" - "Albrieks Niigata" 2:2
Gollar: Kentaro Oi 39, Adaylton 90+ - Roni 25, Atsushi Kavata 45+.
Fikrlar