"FourFourTwo" Yashinni barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni deb topdi
19 iyu 12:37
Yangiliklar
"FourFourTwo" Yashinni barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni deb topdi
Birinchi o'rinni Moskvaning "Dinamo" klubi va SSSR terma jamoasi sobiq darvozaboni Lev Yashin egalladi. 1956 yilda futbolchi Olimpiya chempioni, 1960 yilda esa Evropa chempionati g'olibi bo'lgan. 1963 yilda u "France Football" jurnali talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Oltin to'p"ni olgan.
Ikkinchi o'rinni "Bavariya" va Germaniya terma jamoasi futbolchisi, 2014 yilgi jahon chempioni Manuel Noyer, uchinchi pog'onani 1966 yilda Angliya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan Gordon Benks band etdi.
SHuningdek, kuchli 10 likka Iker Kasilyas (Ispaniya), Rikardo Samora (Ispaniya), Zepp Mayer (Germaniya), Janluiji Buffon (Italiya), Petr CHex (CHexiya), Peter SHmeyxel (Daniya) va Dino Zoff (Italiya) kirdi.
SSSR terma jamoasining yana bir sobiq darvozaboni Rinat Dasaev 14-o'ringa loyiq ko'rildi.
Fikrlar