So’nggi yangiliklar

17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани "иложи борича тезроқ" узайтирмоқчи  1 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  12 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  18 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  6 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  13 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  10 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  4

Fotonigoh - Server Jeparov Yangiliklar

Fotonigoh - Server Jeparov

Teglar :  Server Jeparov
O'zbekiston terma jamoasida eng ko'p o'yin o'tkazgan Server Jeparovning faoliyatini rasmlar yordamida yodga olamiz.


Server Jeparov 1982 yilning 3 oktyabrida CHirchiq shahrida dunyoga kelgan.


 

Professional futbolchilik faoliyatini “Navbahor”da boshlagan Server 2001 yilda “Paxtakor” bilan shartnoma tuzadi va 6 bor O'zbekiston chempionligi va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritadi.



2007 yilda yulduzli “Bunyodkor”ga ko'chib o'tgan Server jamoa sardoriga aylanadi va jamoasining ikki karra O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritishida o'z xissasini qo'shadi. SHuningdek u 2009 yil O'zbekiston kubogida ham zafar quchadi.



Server Jeparov milliy terma jamoadagi debyutini 2002 yilda Slovakiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Termadagi ilk golini esa 2004 yilda Falastin terma jamoasi darvozasiga uradi.



2009 yilda Jeparov “Bunyodkor”ni “Barselona”ga qarshi bahsda sardor sifatida maydonga olib chiqqan edi.
 


Server Jeparov 2008 yilda “Osiyoning eng yaxshi futbolchisi” nomiga sazovor bo'ldi
 


2010 yilda Janubiy Koreyaning “Seul” jamoasi Jeparovni “Bunyodkor”dan ijaraga olgan, keyinroq klub futbolchi bilan uch yillik shartnoma tuzdi. Server bu jamoa bilan Koreya chempionligi va Liga kubogini boshi uzra baland ko'targan.
 


2011 yilda Server Jeparov yana bir bor “Osiyoning eng yaxshi futbolchisi” deb topildi.
 


2011 yilda Osiyo futbolidagi eng shov-shuvli transferlardan biri amalga oshiriladi. Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi “Seul” jamoasidan Saudiya Arabistonini “Al-SHabab” jamoasiga ko'chib o'tadi. Bir yildan so'ng Server Jeparov Saudiya Arabistonida ham chempionlikni qo'lga kiritadi.
 


2013 yilda Server Jeparov o'zi uchun begona bo'lmagan Janubiy Koreya chempionatiga qaytadi. Bu safar u “Seongnam Ilva” bilan shartnoma imzolaydi va 2014 yilda yana bir sovrinni qo'lga kiritadi. Bu safar u Koreya futbol associaciyasi kubogida zafar quchadi.


 

Server Jeparov 2015 yilda Janubiy Koreyaning yana bir nomdor jamoasi “Ulsan Xyunday”ga ko'chib o'tadi.
 


Ushbu mavsum boshida Server Jeparov va nihoyat O'zbekiston chempionatiga qaytdi. U Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Hozirda “Lokomotiv” turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Agar bu mavsumda “Lokomotiv” chempion bo'lsa bu Server Jeparov uchun 9-O'zbekiston chempionligi bo'ladi.
 


Server Jeparov Xitoyga qarshi kechgan bahsda maydonga tushdi, bu futbolchining terma libosidagi 120-o'yini bo'ldi va o'yinlar o'tkazish brasida yaqqol rekordchiga aylandi.
 


Server Jeparov oilali. Uning uch nafar farzandi bor. O'g'li Raul, qizlari Veronika hamda Miya.


Xudoyberganov Ulug'bek

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика