So’nggi yangiliklar

19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  0 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  0 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  19 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  2 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  18 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  7 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  17

Fotonigoh - Egor Krimec Yangiliklar

Fotonigoh - Egor Krimec

Teglar :  Egor Krimec
O'zbekiston milliy terma jamoasining markaziy himyachisi Egor Krimecning faoliyatiga suratlar yordamida razm solamiz.



Egor Vladimirovich Krimec 1992 yilning 27 yanvar sanasida Toshkent shahrida dunyoga kelgan.



Egor Krimec professional futbolchi sifatida faoliyatini 2011 yili “Paxtakor” klubida boshlagan.



Egor Krimec yosh bo'lishiga qaramay “Paxtakor” safida asosiy tarkibda o'z o'rnini topib oladi. Egor Paxtakor bilan birgalikda 2011 Yilda O'zekiston kubogini oradan bir yil o'tib esa O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritadi va o'z iqtidori bilan xorijlik skautlar etiborini tortadi.



2013 yilgi mavsum avvalida Egor Krimecni Xitoyning Beyjing Goan jamoasi bir yilga ijaraga oladi. Egor Xitoydagi ilk mavsumida bronza bilan cheklanadi.



Egor Krimec O'zbekiston o'smirlar, yoshlar va olimpiya terma jamoalari safida ham harakat qilgan. Jumladan, 2014 yilda Incheon shahrida bo'lib o'tgan Osiyo O'yinlarida Egor barcha bahslarda to'liq o'ynagan edi.



Egor Krimec 2014 yilgi mavsum boshida yana O'zbekiston chempionatiga qaytadi va 2015 yilga kelib Paxtakorni maydonga sardor sifatida olib tusha boshlaydi.



Egor Krimec terma jamoa safidagi debyut o'yinini 2013 yil 6 sentyabr kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi o'tkazgan. O'zining ilk golini esa 2016 yilning 24 avgust kuni Burkina-Fasoga urgan.

Malumot o'rnida O'zbekiston MTJ ning markaziy himoyachisi haqiqiy “gigant” bo'lib, uning bo'yi 193 sm ekanligi qayd etilgan.



Egor Krimec Paxtakor bilan 2014 va 2015 yilgi mavsumlarda ketma-ket O'zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo'lishning uddasidan chiqdi.



2016 yilning yanvarida Xitoy va O'zbekiston matbuotida Beyjing Goan Egor Krimecni Paxtakordan ikki mavsum uchun ijaraga olganligi haqida elon qilindi.



Bugunga kelib Egor Krimec Beyjing Goanda yana bir o'zbekistonlik futbolchi Igor Sergeev bilan bir jamoada harakat qilmoqda. Yakuniga etgan Xitoy chempionatida futbolchilarimiz Beyjing Goan safida 43 ochko bilan 5-o'rinni egallashdi.



Egor Krimec uylangan. Rafiqasi Kristina Krimec. Ularning Mikaela ismli qiz farzandi bor.



Xudoyberganov Ulug'bek

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика