So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Fevzi Davletov: "Ikkinchi taymning dastlabki 30 daqiqasini juda yomon o'tkazdik. Natija esa adolatli bo'ldi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Ikkinchi taymning dastlabki 30 daqiqasini juda yomon o'tkazdik. Natija esa adolatli bo'ldi"

Superliga 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Surxon" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Surxon" jamoasi bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Bugun ikki jamoa ham g'alaba qozonishni istayotgandi. "Lokomotiv" bugun ko'proq ishtiyoq bilan o'ynadi. Birinchi bo'limda yaxshi vaziyatlar yarata oldik, ammo ikkinchi taymda yomonroq o'ynadik. Ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng hujumga o'tishga majbur bo'ldik.

- Birinchi bo'limda jamoangiz yaxshi o'ynadi va gol urgan. Tanaffusdan keyin jamoangiz o'ziga o'xshamadi va juda yomon o'ynadi. Bunga sabab nima?

- "Bunyodkor" va "Dinamo"ga qarshi kechgan uchrashuvlarda ham xuddi shunday xatoga yo'l qo'ygan edik. Oddiy vaziyatlarda to'pni yuqotayapmiz. Xatolarga ko'paygani sababli hisobni ushlab qolishga harakat qila boshladik. Bu ruhiyatga bog'liq.

- SHohjahon Sultonmurodov holati haqida malumot bera olasizmi? U bir nechta uchrashuvdan buyon maydonda ko'rinmayapti va bugungi uchrashuvda qaydnomada emas edi.

- U asosiy tarkibda o'ynay oladigan sport formasida emas.

- Nimeli so'ngi uchrashuvlarda maydonga tusha boshladi. U jarohatidan forig' bo'ldimi? Bugun maydonda Egor Krimecni ko'rdik. Krimec ham jarohatdan tuzaldimi?

- Silvanusni sekin astalik bilan tarkibga qo'shib bormoqdamiz. Uni tezroq o'tgan mavsumdagi sport formasiga qaytarishga intilmoqdamiz. Krimec ham safga qaytdi. "Dinamo" qarshi kechgan bahsdayoq Egorni maydonga tushirmoqchi edik, ammo ulgurmadik. Egor tajribali himoyachi va bizga ko'p yordam berishiga ishonaman.

- "Surxon" jamoasi bugungi uchrashuvda bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Birinchi bo'limda g'alaba qozonayotgan edik. Tanaffusdan so'ng o'yinimiz yomonlashdi. Natija adolatli bo'ldi. Biz ikkinchi taymda 30 daqiqa juda yomon o'ynadik. O'zimiz aybdormiz.




Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика