So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

FOTOMAQOLA. Ustoz shogirdiga barcha sirin aytmas! Yangiliklar

FOTOMAQOLA. Ustoz shogirdiga barcha sirin aytmas!

O'tgan haftaning dam olish kunida bir oydan oshiq davom etgan Zangiota hokimi Kubogining g'olibi aniqlandi.

Zangiota hokimi Kubogi musobaqasi saytimiz orqali to'liq yoritib borildi. Finalgacha bo'lgan bahslarni bevosita stadionlarga tomosha qilmaganimiz sababli, hal qiluvchi uchrashuvni o'z ko'zimiz bilan tomosha qilishni rejalashtirgandik. SHu bois, final o'yinini tomosha qilish uchun shanba kuni tushdan so'ng Keles shaharchasidagi "Z.Jalilov" o'yingohiga tashrif buyurdik. Ochig'i, stadionga kirar ekanmiz, atrofda bayramona muhit hukmronlik qilayotganiga guvoh bo'ldik. Kasbim yuzasidan ko'plab turnirlarning final uchrashuvlarida ishtirok etganman, rosti, bunday tashkilotchilikka anchadan beri guvoh bo'lmagandim. Maydonning holati, yon-atrofning ozodaligi, finalga etarlicha tayyorgarlik ko'rilganidan darak berardi. Aslida musobaqani butun tuman miqiyosida o'tkazilishi, unda 32ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib borgani va turnir bir oydan ko'proq davom etganining o'ziyoq ko'p narsani aytib turibdi. Odatda turnirlar 2-3 kunda o'tib ketadi. Ammo mazkur musobaqa shaxsan hokim buvaning rejasi asosida o'tkazilib, yakunlandi. Boshqacha aytganda, turnir xo'jako'rsinga emas, balki tumanda ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida o'tkazildi. Birinchi liganing ayrim klublarida tablo yo'q bir vaqtda shu kuni "Z.Jalilov" o'yingohida jamoalar nomini ko'rsatib turuvchi, o'zimizning o'zbekona qo'l bola tablo ishlab turdi. Hatto g'oliblarni taqdirlash jarayonida maydonga kichkina bo'lsa-da, sahna olib chiqilganiga nima deysiz? Bu finalga rostkamiga tayyorgarlik ko'rilganini isbotlamaydimi? Vaholanki, tuman miqiyosidagi turnir sifatida tabloga ham, sahnaga ham etibor berilmasligi ham mumkin edi?! 

Final o'yiniga xalqimiz ezozidagi ko'plab faxriylarimiz tashrif buyurdi. Jumladan, Birodar Abduraimov, Ravshan Yunusov, SHamil Yafarov, To'lagan Isoqov va sevimli xonandamiz Kozim Qayumov. Kozim aka tanaffusda o'z qo'shiqlari bilan muxlislarni xushnud qilishga ham ulgurdi. Qolaversa, O'zbekiston teleradio kompaniyasining "Sport" va "Diyor" kanali xodimlari ham hal qiluvchi bahsni yoritish maqsadida ikki soat davomida uchrashuvni tasvirga tushurishdi va bir necha faxriylarimiz bilan intervyular uyushtirishdi. Biz ham ushbu turnirning hal qiluvchi bahsidan sizlar uchun fotomaqola tayyorlaganmiz.

 

Uchrashuvni mahalliy hakam Saidxon Boyxo'jaev boshqarib bordi. Unga qanotlarda Iskandar Zoitov va Sultonmurod Ulfatov yordam berdi. Bellashuvning to'rtinchi hakami vazifasi Oybek Umarovga yuklatildi. Aytish kerak, hakamlar bayramni "buzib" qo'yadigan biror-bir noto'g'ri qaror qabul qilishmadi. Xushtak o'z vaqtida chalindi, bayroqlar kerak paytda ko'tarildi.


Tuman xalq talimi boshqarmasi - XTB jamoasi zaxira o'rindig'i. Barcha uchrashuvni diqqat bilan kuzatmoqda.


"Nazarbek" jamoasi zaxira o'rindig'i ham maydondan ko'z uzmay o'tirdi.



Finaldagi birinchi gol muallifi - Dilshod Yunusmatov. U shu kuni urgan golida haqiqiy professionallarga xos tarzda harakat qildiki, agar sizda o'sha golning videoroligi bo'lganida qayta-qayta ko'rishga erinmagan bo'lardingiz.


Bir vaqtlar birinchi liga vakili "Istiqlol" jamoasi darvozasini qo'riqlagan Otabek Xoldorov finalda bir-biridan chiroyli ikkita gol o'tkazib yubordi. Birinchisida Yunusmatov mahoratini namoyish qilgan bo'lsa, ikkinchi gol 35 metrlardan berilgan zarbadan so'ng darvozadan joy oldi. SHunday bo'lsa-da, Xoldorov musobaqaning "Eng yaxshi posboni", deya topildi. 


Uchrashuv kurashlarga boy tarzda o'tdi...


Hakam o'yin yakunlanganligini bildiruvchi xushtagini chalgach, XTB jamoasi azolari shu tarzda xurchandchilik qilishdi.


G'oliblarni taqdirlash marosimida so'zga chiqqan Zangiota tumani hokimi Artikov Zafar Boltaboevich hazilomus bir gapni aytishi mehmonlarning yuziga tabassum yugurishiga sabab bo'ldi. "Ustoz hech qachon shogirdiga barcha sirini to'liq aytmas ekan. Mana bugun ham ustozlar g'alaba qozondi. CHunki ular shogirdlariga o'z sirlarini aytishmagan". 


Avvaliga faxriylarimizga zarbof to'n kiydirildi.



Bir vaqtlar oliy liga klublari "Lokomotiv", "Metallurg" jamoalarida to'p surgan, bugungi kunda XTB sardori G'ulom Halimtoev musobaqaning "Eng yaxshi o'yinchisi", deb topildi.


SHundan so'ng musobaqada dastlabki uch o'rinni qo'lga kiritgan jamoalarga tegishli medallar topshirildi va estalik uchun suratga tushildi. Avvaliga 3-o'rin sohibi "Keles" jamoasi bilan keyin "Nazarbek" va XTB.





Murod Xolmirzaev olgan suratlar.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика