FOTOmaqola: Terma jamoamiz tabiiy maydonga ko'chdi, biroq...
25 mar 2015 18:01
Yangiliklar


FOTOmaqola: Terma jamoamiz tabiiy maydonga ko'chdi, biroq...
O'zbekiston olimpiya terma jamoasini suniy maydonda mashg'ulot olib borganligi haqida xabar bergan edik.
Ertangi kundan boshlab tabiiy maydonni vada qilgan tashkilotchilar, o'z vadalarining ustidan chiqdilar, lekin...
Yaxshi hamki terma jamoamiz Bangladeshga ancha avval ketishgan ekan. Har holda bunday sharoitda bir deganda o'ynab ketish qiyin bo'lar edi. Markaz esa aynan shu erda to'g'ri qaror qabul qilganligi quvonarli. Buni quyidagi suratlar orqali ham bilib olishingiz mumkin.
Maydonni bo'yash uchun bo'yoq yo'qligi uchun, yaxshisi uni ariqcha shaklida chopqi qilib chiqishni maqul ko'rishgan ekan...
Bangladeshda Krasnickiylar ko'pga o'xshaydi. Bu to'rga baliq tugur, kit ham ilinmasa kerak...
Bazi erlarda o't bor, bazi erlarda esa yo'q...

Fikrlar