So’nggi yangiliklar

13:32Ана холос! Яхшибоев "Локомотив"да ўйнамайди  0 13:18МЮ футболчиси жароҳат олди  0 12:56"Ғазалкент" Elit Academy билан ҳамкорлик қилади   0 12:36ПСЖ асосий футболчиси билан янги шартномани келишиб олди  0 12:08"Динамо" ҳужумчиси ярим йилга сафдан чиқди  2 11:47"Гулистон" жамоасига бош мураббий тайинланди  2 11:24Адвокат Кюрасао терма жамоаси бош мураббийи лавозимини тарк этди  4 10:55Антуан Гризманн МЛС клубига ўтиши мумкин  1 10:23"Манчестер Юнайтед" ҳимоячиси ҳайдовчилик гувоҳномасидан 6 ойга маҳрум қилинди  4 09:55Дибала фаолиятини Аргентинада давом эттириши мумкин  0 09:24Симеоне А Серия гранди билан келишувга эришди  2 08:52Нури Шахин: "20 йил ичида биринчи марта таътилда бўлдим"  0 08:20Майкл Кэррик "Манчестер Юнайтед"нинг навбатдаги ғалабасидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 07:45ПСЖ Ямал учун қанча таклиф қилгани маълум  14 07:00АПЛ. "Эвертон" — "Манчестер Юнайтед" 0:1  8

Fotomaqola. Tarixiy g'alabaning kichik ko'zgusi Yangiliklar

Fotomaqola. Tarixiy g'alabaning kichik ko'zgusi

Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z tarixida ilk bor OCHLdagi g'alabasini Eronning "Traktorsozi" klubiga qarshi o'yinda nishonladi.

"Nasaf" OCHLni irodali g'alaba bilan boshladi


Ushbu "trio" - Ro'ziqul Berdiev, SHuhrat Toshpo'latov va Denis Ivankov "ajdarlar"ning muvaffaqiyati siri desak mubolag'a bo'lmaydi


Legioner hujumchi Koblash raqib himoyachilari bilan ko'p kurashdi va ko'p yiqildi, yiqitildi...


Ara, yani Artur Gevorkyan "Traktorsozi"ga qarshi o'yinda o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazmagandir. Ammo ikkinchi golda uning ham hissasi katta bo'ldi va maydonda jamoasi g'alabsi uchun kurashdi...


O'ZBEKISTON bayrog'i xalqaro musobaqalarda doim shunaqa xilpirab turaversin...


Super gol muallifi - Ilhom SHomurodov! Ushbu gol "Nasaf"ni chinakamiga ilhomlantirib yubordi deb bemalol ayta olamiz...


Roy Rok - haqiqiy legioner futbolchi ekanligini isbotladi. Har holda dastlabki rasmiy o'yinda u to'g'risida faqat yaxshi fikrlarni bildira olamiz. (FIFA.UZ muxlislarini esa 5 ochkodan mahrum qildi va jamoasini OFK oldida 300 AQSH dollariga tushirdi)

P.S. OCHLda har bir sariq kartochka uchun 300 AQSH dollari to'lanadi. Qizil kartochkaga - 600.

Ha, aytdimku... Koblash ko'p yiqildi-yiqitildi...


Odil Hamrobekov - o'zbek futbolida yangi nom paydo bo'lmoqda... "Nasaf" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Odil Hamrobekov bugun shunchaki fantastik o'yin ko'rsatdi...


Eldor Suyunovning goldagi xatosini hisobga olmaganda, darvozasini yaxshi qo'riqladi. Denis Ivankov esa o'yindan keyin o'z shogirdini baribir urushib qo'ygan...


O'yindan keyin "ajdarlar" o'z muxlislariga minnatdorchilik bildirishmoqda...


Suratlar uchun esa biz "Nasaf" klubi suratchisi Sardor Nurovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Uchrashuvning qolgan suratlarini quyida tomosha qilishingiz mumkin.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика