So’nggi yangiliklar

09:43"Челси"ни финалга олиб чиққан Энцо Мареска нималар деди?  0 09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  3 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  2 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  15 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  10

Fotomaqola: Omad sizga yigitlar! Yangiliklar

Fotomaqola: Omad sizga yigitlar!

O'zbekiston terma jamoasi kecha KXDRga uchib ketish oldidan "Jar" stadionida so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi.

Terma jamoaning bu galgi mashg'uloti odatdagidek soat 18:00da emas, balki 17:00da boshlandi. Sababi, kechasi terma jamoa Pxenyanga uchib ketishi ko'zda tutilgan edi.


Mirjalol Qosimov kechagi mashg'ulotda asosiy urg'uni to'p bilan ishlashga qaratdi. Futbolchilar markazdan kombinaciya uyushtirib, jarima maydonchasiga kirib darvozaga zarba berishni mashq qilishni. Keyin qanotlardan oshirib berilgan to'pni darvozaga yo'llash, vaziyatlardan unumli foydalanish ustida qattiq ish olib borildi.

Mashg'ulotlarda asosan Igor Sergeev, Bahodir Nasimov, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, SHohruh Gadoev, Ikrom Aliboev. Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Sanjar SHoahmedov, Jasur Hasanov, Fozil Musaev darvozaga zarba berishni mashq qilishdi. Bu borada futbolchilarga Mirjalol Qosimov hamda SHuhrat Maqsudov boshchilik qilishdi.

Himoya chizig'i vakillari bilan esa Baxtiyot Ashurmatov hamda Aleksandr Volkov narigi darvoza oldida shug'ullanishdi.




Eldor Suyunov, Ignatiy Nesterov va Akbar To'raev bilan darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov ishladi.

Keyinchalik futbolchilar ikki guruhga bo'lingan holda maydonning ikkinchi qismida futbol o'ynashdi. "Sariqlar" jamoasining darvozasini Ignatiy Nesterov qo'riqlagan bo'lsa, "Qizillar"da Eldor Suyunov va Akbar To'raev o'zaro almashib turishdi.

Yigitlarning barchasi ko'tarinki kayfiyatda mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Barchaning yuzida tabassum. Diqqat-etibor KXDRga qarshi bo'ladigan o'yinga qaratilgan. Ilk qadamni g'alaba bilan bosish juda muhimligini barcha birdek tushunib turibdi.

Mashg'ulotlar yakuniga etgach terma jamoa azolari mehmonxonaga yo'l olishdi va u erdan kechki ovqatni tanovul qilib, kecha tunda delegaciya Pxenyan tomon parvoz qildi. 


Sanjar Tursunov voleybolcha uslubda to'pga zarba bermoqchi


Mirjalol Qosimov bugungi mashg'ulot qay tartibda o'tishi va qaysi futbolchilar manejka kiyishlarini o'qimoqda


Akbar To'raev to'pni quvib etmoqchi


Ahmedov & Nesterov dueli


  Endi esa Ahmedov & Suyunov qarama-qarshiligi


Mirjalol Qosimov o'z uslubida to'pni darvozaga yo'llamoqda va futbolchilarga namuna bo'lmoqda


Hujumdagi asosiy "snayperimiz" Igor Sergeev mashg'ulotlarda ham o'yindagidek birdek harakat qiladi


Mahallaning eng oldi kishilari kechagi mashg'ulotni ham martabali mehmonlar uchun ajratilgan maxsus sektordan turib tomosha qilishmoqda


   Akbar To'raev Nesterov turgan darvozani "o'qqa" tutmoqda


- Suyunov: Odil aka, eshittizmi, SHoh KXDRga uchta gol uraman deyaptikan

- Ahmedov: Yo'g'e, yaxshi bo'lardi, ursin-ursin...

- Hasanov: Vitya, nima deyapti ular?

- Denisov: SHoh boru, Gadoev. O'sha KXDR bilan o'yinda xet-trik qayd etaman degan ekan. SHuni gapirishyapti...

- Hasanov: Qo'ysangchi...


Ertangi o'yinda Vatanimizning bosh jamoasiga omad yor bo'lishini tilab qolamiz! Futbolchilarimiz mashg'ulotlarda ancha ter to'kishdi va endi mehnatning samarasini amalda yuzaga chiqarish kerak.

Biz sizlarga ishonamiz! Pxenyandagi safardan cho'ntakda uch ochko bilan qaytish nasib etsin! Olg'a!

To'liq fotogalereyani quyida tomosha qilishinigiz mumkin.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика