So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  1 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

FOTOMAQOLA. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0 Yangiliklar

FOTOMAQOLA. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0

Kecha Oliy liga 15-turida birinchi davraning eng asosiy o'yini bo'lib o'tdi.

Turnir jadvalini boshqarib borayotgan jamoalar - "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi. Quyida ana shu uchrashuvdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

O'yindan oldin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev va "Bunyodkor" murabbiyi Yuriy Sarkisyanlarning kayfiyati alo.

Zuagi va SHukurov SHoahmedovdan to'pni olib qo'yishga urinmoqda.


Kecha chiroyli o'yindan ko'ra mana shunday kurashlar ko'proq ko'zga tashlandi.

Akmal SHorahmedovdan Germaniya Bundesligasi logotipi uchun "parvoz".


Marat Bikmaev va Akrom Komilov dueli keskin kurashlar bilan esda qoldi.

Turaqol SHaker, yutish uchun o'tirish emas, yugurish kerak ))

Islom To'xtaxo'jaev bir necha bor jarimadan gol urishga urindi, ammo Bekoboddagi muvaffaqiyatni takrorlash shu kuni unga nasib etmadi.

Havo juda ham issiq bo'lgani uchun birinchi bo'limning 25 daqiqasida Ravshan Ermatov futbolchilarga tomoqni xo'llab olish imkonini berdi.

Kechagi o'yinda Temur Kapadzega Jeparov etishmadi, bu ikki tajribali o'yinchilar maydonda bir-birlarini so'zsiz ham tushunishadi.

"Bunyodkor" muxlislaridan Islandiya uslubidagi qo'llab-quvvatlash.

Ivan Nagaev zaxiradan tushib qahramonga aylanishi mumkin edi, ammo...

Mana bu inson bir lahzada o'yin qahramoni degan nomni Nagaevdan olib o'ziniki qilib oldi. Murod Zuhurov asosiy vaqtga hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda birinchi davraning eng yaxshi seyvini namoyish etib berdi. Fantastik seyv, Murodishhshhee!

Kechagi o'yinga mana shu surat bilan tarif beramiz...

Uchrashuvning to'liq fotogalereyasini quyidagi LINK orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Tolibjon Qosimov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика