So’nggi yangiliklar

16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  1 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  1 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  1 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  2 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  3 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1 12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  1 11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  1 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  6 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  11 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  5 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  38 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  1

Fotomaqola: "CA"da OAV kuni munosib nishonlandi Yangiliklar

Fotomaqola: "CA"da OAV kuni munosib nishonlandi

27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan "CA"da ustoz jurnalistlar va faxriy mehmonlar jam bo'lishdi.

Mana ikkinchi yildir-ki, ananaga aylanib ulgurayotgan bayramimizni nishonlash marosimi yuqori kayfiyatda o'tdi. Bu safar mehmonlarimiz qatoridan martabali kishilarning o'rin olgani OAV ahlini xursand etdi.


Mehmonlar qatorida, Murod Aliev (Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari), Oybek Kasimov (MOQ bosh kotibi), Rahimjon Obidov (O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o'rinbosari - Harbiy hayat raisi), Baxtiyor Boboev ("Bunyodkor" jamoasining bosh direktori), Ravshan Ermatov (JCH rekordchisi), To'labek Akramov ("Lokomotiv" jamoasi direktor o'rinbosari), Ravshan Salimov ("Paxtakor" jamoasi direktori o'rinbosari) joy oldilar.

Ulardan tashqari, "Nasaf" va "Qo'qon-1912" jamoalari ham "CA" jamoasiga maxsus sovrinlarini topshirdilar.

Odatga ko'ra, yig'ilgan mehmonlar Murod Rizaev boshchiligida tennis bo'yicha OAV o'rtasidagi ikkinchi kubokni boshlab yubordilar. Bu safar 24 nafar ishtirok etgan musobaqa finalida Davron Fayziev "CA"ning texnik xodimi Dostonga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Musobaqa favoriti sifatida qaralgan Abdulla Nurmonov va Ulug'bek Hakimjonovlar bu safar finalni tomosha qildilar xolos. Amaldagi chempion Murod Rizaev qo'lidan jiddiy jarohat olganligi boisi unda ishtirok eta olmadi.


"CHempionat.aziya"ning ikkinchi musobaqasi bevosita sayt bilan bog'liq bo'ldi. Bu safar ishtirokchilar "Imkon Plyus" savdo belgisi bilan hamkorlikda saytimizda o'ynalayotgan "penalti tep" loyihasida kuch sinashdilar. Uning final bosqichiga "Bunyodkor" va O'zbekiston muxlislar klubi sardorlari - SHavkat Imomov va Abduraxmon Fozilov yo'l oldilar. Yarim finalchilar esa Baxtiyor SHirinov hamda Bahodir Mirzaev bo'ldilar.


Yakunda ikki musobaqa g'oliblariga sovg'alar berildi. Super sovg'a esa Dostonga nasib etdi.


Tadbir davomida Ravshan Ermatov JCH-2014da kiygan libosini saytimiz muzeyiga taqdim etdi. SHuningdek, "Bunyodkor" jamoasi futbolchilarining dastxati tushirilgan to'pni sovg'a qildi. Eng qimmatli sovg'a, katta ustozlarimizdan biri Vladimir Safarov tomonidan berildi. U kishi o'zi yozgan kitoblarining kollekciyasini "CA"ga taqdim etdilar. Bugungi kungacha Vladimir Ashotovich sportga oid turli xildagi 26ta kitobga mualliflik qilganlar.


"So'nggi 10 yilda chop etayotgan kitoblarimizda saytingizni o'rni katta bo'lyapti. Doimiy ravishda siz tomoningizdan tayyorlangan malumotlarga tayanamiz, suratlardan foydalanamiz. Buning uchun rahmat", - deydi ustoz.


Tadbirga bosh-qosh bo'lgan Mirzahakim To'xtamirzaev Murod Aliev, Oybek Kasimov va Ravshan Ermatovga so'z berdilar. Ularning bari OAV kuni munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladilar. So'nggi so'z esa Axbor dodaga berildi.


"Avvalo, biz OAV xodimlarini hurmat qilib kelganingiz uchun barchangizga rahmat! Bugungi bayram bilan barcha shogirdlarimni tabriklayman. Qalamingiz bundan ham o'tkir bo'lsin. Adolat tarozini bir xilda ushlanglar", - deydilar joriy yil 80 yoshni qarshi olgan o'zbek futbolining otaxon jurnalisti.

Qolgan suratlarni tomosha qiling - OAV

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика