Fotomaqola: "Bunyodkor" - "Metallurg" 2:0
24 may 2014 15:51
Yangiliklar
Fotomaqola: "Bunyodkor" - "Metallurg" 2:0
Ketma-ket to'rt uchrashuvda g'alaba nima ekanligini bilmayotgan "Bunyodkor", kecha "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratdi.
O'yinga "Metallurg" bir qator jarohatlar bilan kelganligi uchun asosiy tarkibning 3 nafar futbolchisi maydonga tusha olmadi.
"Legioner bu - pul", degan Aleksandr Volkov kechagi o'yinda Sato Minorini sinab ko'rdi. 26-daqiqadagi reydini inobatga olmasa yaponiyalik futbolchi biron bir vaziyatda ko'ringani yo'q.
CHempionatimizning eng bo'ydor hujumchilari. Bu tandemning ishlari bu yil ko'p ham yurishmayapti. Pishur 2013 yili 9-turga qadar 9ta, SHodiev esa 5ta gol urib qo'ygan edi. SHu kungacha bu ikki hujumchi qo'shib hisoblaganda 8 ta gol urdilar.
Oliy ligani dastlabki 4ta turida bironta ochko ishlay olmagan Rustam Mirsodiqov shogirdlari keyingi 4ta turda 10 ochko ishlab ancha yuqoriga chiqib olgan edi.
Nodirxo'ja Yuldashev
Fikrlar