So’nggi yangiliklar

00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  2 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  10 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  4 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0

FOTOMAQOLA. "Boshsiz chavandoz" Yangiliklar

FOTOMAQOLA. "Boshsiz chavandoz"

Kecha oliy liga 11-tur doirasida "Bunyodkor" jamoasi "Paxtakor"ni qabul qildi.

Quyida 1:1 hisobida yakunlangan Toshkent derbisidan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

Uchrashuvni "Paxtakor"ning sobiq xodimlari Viktor Jalilov, Grigoriy Kolosovskiy va Grigoriy Ceytlinlar bevosita "Bunyodkor" stadionidan kuzatib borishdi.

"Paxtakor"ning oxirgi o'yinlarida Jamshid Iskandarov umuman ko'rinmay qoldi. Uning o'rnida Vladimir Kozak harakat qilmoqda.

Doston Hamdamov to'p kiritgan vaziyatda "Bunyodkor" zaxira o'rindig'idagi quvonch.

Kecha butun o'yin davomida Otabek SHukurov Igor Sergeevni "qo'riqladi".

Sergeev bilan to'qnashuvlardan birida SHukurov engil jarohat oldi. "Bunyodkor" shifokori: - Otabek nechta barmoqni ko'rayapsan? Ikkitami yoki uchta? ))

Kozak himoyaviy hududdan hujumkor hududga o'tkazilgach, o'zini yanada yaxshiroq ko'rsatmoqda.

O'yin payti kun juda issiq edi.

Sergeev SHukurov bilan navbatdagi "bellashuv"dan keyin.

"Boshsiz chavandoz"

- Qanaqa "boshsiz chavandoz"? Yig'ishtirlaring bunaqa qo'rqinchli hazillarni, bu erda voyaga etmaganlar ham bor.

- Ehh, men ham "boshsiz chavandoz" tryukini sinab ko'rmoqchi edim...

Kechagi kun banneri.

Bu esa kun fotosi: Murabbiy Qosimov vs futbolchi Qosimov

Desert. Bu muxlis huddi Krishtianu Ronaldu kabi "Nike" bilan homiylik shartnomasi tuzibdi. Farqi, Ronalduning shartnomasi bir umrga tuzilgan. Bu muxlisni shartnomasi esa bitta o'yinga ))


Kecha bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTO


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика