So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  38 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  22 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

FOTOMAQOLA. Biz ularga ishonamiz Yangiliklar

FOTOMAQOLA. Biz ularga ishonamiz

Bugun O'zbekiston hamda Xitoy milliy terma jamoalari JCH-2018 saralashining uchinchi bosqichi, to'rtinchi turi doirasida o'zaro bellashadilar.

Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 2015 yilning 14 yanvarida "Osiyo kubogi-2015" doirasida bo'lib o'tgan. O'shanda jamoalar guruh bellashuvlarining ikkinchi turida o'zaro kurash olib borishgan va unda 2:1 hisobida xitoyliklarning qo'llari baland kelgan edi. Quyida ana shu o'yinni suratlar yordamida yodga olamiz.

Osiyo kubogi-2015
2-tur
, 14.01.2015
Xitoy - O'zbekiston 2:1
Brisben. "Brisben" stadioni

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)
Gollar: Vu Ksi 54, Sun Ke 68 - Odil Ahmedov 22

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov (20.Islom To'xtaxo'jev, 46), 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jeparov (4.Sardor Rashidov, 61), 9.Odil Ahmedov, 11.Igor Sergeev, 17.Sanjar Tursunov (15.Jasur Hasanov, 71), 18.Timur Kapadze, 19.Vitaliy Denisov, 23.Akmal SHorahmedov.
Zaxiradagilar: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Egor Krimec, 6.Bahodir Nasimov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Lutfulla To'rev, 14.SHuhrat Muhammadiev, 16.Vohid SHodiev, 21.Akbar To'raev, 22.Farruh Sayfiev.

Xitoy: 23.Vang Dalei, 2.Ren Xang, 3.Mei Fang, 4.Jiang Zipeng, 5.Zang Linpeng, 7.Vu Lei, 10.Jeng Ji, 15.Vu Ksi, 17.Zang CHengdong (19.Liu Bin Bin, 81), 18.Gao Lin (16.Sun Ke, 66), 21.YU Xai (11.Xao Junmin, 46).
Zaxiradagilar: 1.Zeng CHeng, 6.Li Ang, 8.Kai Xuikang, 9. Yang Ksyu, 12.Yan Junling, 13.Liu Jiane, 14.Ji Ksiang, 20.YU Xanchao, 22.Lio Lisheng.

Ogohlantirishlar: SHavkat Mullajonov 18, Ren Xang 35

O'sha uchrashuvda hisobni ochgan Odil Ahmedov.

O'zbekiston terma jamoasini Osiyo kubogi-2015ga Mirjalol Qosimov olib borgan edi.

Xitoyni esa franciyalik Alan Perrin boshqargan, hozir har ikki jamoada ham murabbiy o'zgargan. 

O'zbekiston terma jamoasida nafaqat murabbiy, balki sardor ham o'zgargan. Bugungi kunda Server Jeparov emas, Odil Ahmedov sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushmoqda. 

O'tgan yilgi o'yinni asosiy tarkibda boshlaganlardan SHavkat Mullajonov, Temur Kapadze, Akmal SHorahmedov va Sanjar Tursunovlar hozir terma jamoaga chaqirilishmagan bo'lsa, Ignatiy Nesterovning asosiy tarkibdagi o'rnini Aleksandr Lobanovga egallagan. 

To'p uchun kurashda Vitaliy Denisov Zang CHengdongga qarshi. 

Bu vaziyatda esa Odil Ahmedov to'pni Jiang Zipengdan olib qo'yishga urinmoqda. 

Aziz Haydarov va o'sha o'yinda muvozanatni tiklagan Vu Ksi.

Jiang Zipeng va Odil Ahmedovdan navbatdagi "duel".

Osiyo kubogi-2015da porlagan Sardor Rashidov Jeparovning o'rniga maydonga tushmoqda.

Igor Sergeev 2015 yil Brisbendagi o'yinni golsiz tark etgan edi, umid qilamizki u bugun maydondan golsiz chiqib ketmaydi.

Balki, hozir o'ng qanot himoyamizga Akmal SHorahmedov kerakdir...

Terma jamoamizni Avstraliyada ham qo'llab turgan muxlislar bugun g'alabadan mamnun holda uylariga qaytishsin.

Bugun yigitlarimiz maydonni boshlari tik holda chiqib ketishlariga ishonamiz!


Tolibjon Qosimov

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика