So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  0 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  2 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  3 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  2 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  3 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  25 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  207 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0

Fotofakt! “Andijon” atigi uch nafar futbolchini zaxira ro'yxatiga kiritdi Yangiliklar

Fotofakt! “Andijon” atigi uch nafar futbolchini zaxira ro'yxatiga kiritdi

Kecha Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'lgan “Andijon” 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qizig'i shundaki, andjijonliklar uchrashuv rasmiy qaydnomasining zaxiradagi o'yinchilar ro'yxatiga faqat uch nafar futbolchini kiritishdi. Bular - darvozabon Muhiddin Xudoyorov, himoyachi Artur Mamatkazin va hujumchi SHuhrat Mirxoldirshoev. Va mana shu futbolchilardan ikki nafari ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.

Yaxshi bilasiz, protokol to'ldirilayotganda zaxira ro'yxatiga ettita o'yinchini yozish mumkin. Bizda o'yin qaydnomasini to'liq to'ldirmaslik holatlari ko'pincha birinchi ligada uchraydi. Yani, moliyaviy muammolar sabab ko'pincha mehmonda o'ynaydigan jamoalar kam o'yinchi bilan borishadi va zaxira o'rindig'iga etibor bersangiz, ikki-uch futbolchi o'tirgan bo'ladi. Ammo oliy ligada to'g'risi bunaqa holatni men birinchi bor ko'rishim.

Bizga malum bo'lishicha, “Andijon” futbol klubida asosiy tarkib o'yinchilari bilan bog'liq bir nechta muammolar yuzaga kelgan. Jumladan, Ibrohim Otaxonov sariq kartochkalar tufayli kechagi bellashuvni o'tkazib yubordi. Mirzakamol Kamolov, Alisher To'xtasinov, Vyacheslav SHevchenko, Vitaliy Vizaver esa tibbiy ko'rikdan o'ta olishmagan.

Rahim Qodirovda jarohat bor ekan. CHetda o'ynab kelgan ikki futbolchi Akbar Xo'jaev bilan Aziz Ibragimovning hali transfer qog'ozi kelmabdi. Xullas, shunaqa gaplar. Jamoa navbatdagi turni o'z maydonida “Qizilqum”ga qarshi o'tkazadi. Balki shu o'yingacha futbolchilar ko'payib qolar.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика