So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  4 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

FOTOARXIV. To'qqiz yil oldingi Tojikiston bilan kechgan uchrashuvni yodga olamiz Yangiliklar

FOTOARXIV. To'qqiz yil oldingi Tojikiston bilan kechgan uchrashuvni yodga olamiz

O'zbekiston milliy terma jamoasining sentyabr oyida o'rtoqlik uchrashuvidagi raqibi Tojikiston bilan bundan avval ham bir necha bor to'qnash kelganmiz.

Qo'shnilarimiz bilan so'ngi to'qnashuv JCH-2014 saralash bosqichi ikkinchi raundida bo'lib o'tgandi. O'shanda Vadim Abramov shogirdlari Tojikistonni yirik 3:0 hisobida taslim qilgandi. Buni qarangki oradan to'qqiz yil o'tib yana ular bilan o'rtoqlik uchrashuvida ro'baro' kelmoqdamiz. Yana Abramov boshchiligida. Demak, quyida fotosuratlar orqali Toshkentda o'tgan uchrashuvni yodga olamiz. Bu o'yinning etiborga molik jihati shundaki, bahsning so'ngi 10 daqiqasida ketma-ket to'rt futbolchimiz hakam tomonidan ogohlantiriladi. Buni esa OFK va FIFA suniy ravishda amalga oshirilgan harakat deb baholaydi. Atayin sariq kartochka ishlashdan maqsad esa keyingi hech qanday ahamiyatsiz bo'lgan Yaponiya bilan uchrashuvda etakchilarga dam olish imkoniyatini berish shuning natijasida ularni Eron bilan o'yinga tayyorlash edi. Buni sezgan OFK va FIFA futbolchilarimizni bir nechta uchrashuvga diskvalifikaciya qiladi. Abramov Yaponiyaga ikkinchi tarkib bilan boradi va ortga 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytadi. Ammo, bugun yodga olayotgan uchrashuvimizdan so'ng chetlatilgan bir nechta o'yinchilar Toshkentda Eron bilan o'yinda qatnasha olmagandi. Bu esa o'z-o'zidan natijaga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Bitta o'yinda yo'l qo'yilgan xato oqibatda keyingi bellashuvlarda zararimizga ishlagandi. 

JCH-2014  saralash bosqichi. 

O'zbekiston - Tojikiston - 3:0

15.11.2011. 5-tur. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 5326 tomoshabin. 

Bosh hakam: Muhammad Zaruniy (BAA). 

Gollar: Sanjar Tursunov 35, Odil Ahmedov 60, Aleksandr Geynrix 70.

Ogohlantirishlar: Odil Ahmedov 53, Aleksandr Geynrix 57, SHavkat Mullajonov 70, Sanjar Tursunov 79, Islom To'xtaxo'jaev 82, Server Jeparov 84, Vagiz Galiulin 90+2, - Davronjon Ergashev, 45, Dilshod Vosiev 64.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajonov, Aziz Haydarov (Anzur Ismoilov, 80), Odil Ahmedov, Bahodir Nasimov (Ulug'bek Baqoev, 55), Timur Kapadze (Server Jeparov, 72), Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Vagiz Galiulin, Sanjar Tursunov, Aleksandr Geynrix.

Bosh murabbiy: Vadim Abramov.

Tojikiston: Alisher To'ychiev, Sohib Sivonqulov, Eroj Rajabov, Davronjon Ergashev, Nuriddin Davronov, Farhod Vosiev, Aktam Hamroqulov, Komil Saidov, Dilshod Vosiev, Xurshid Mahmudov, Jamshid Ismoilov (Akmal Saburov, 46).

Bosh murabbiy: Olimjon Rafikov. 

Mazkur bellashuv noyabr oyida o'tkazilgan, havo shu kuni ancha sovuq bo'lgandi. 


Tojikiston terma jamoasidagi ayrim futbolchilar o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish. Darvozabon Alisher To'ychiev "Yangier", "Guliston", "Mashal" jamoalarida to'p tepganini katta yoshdagi ishqibozlar yaxshi esalashsa kerak. 6-raqamdagi Davronjon Ergashev esa joriy mavsum boshida "Bunyodkor" bilan shartnoma imzoladi. 


SHu kuni terma jamoamizni Odil Ahmedov sardorlik bog'ichi ostida boshlab tushgandi. To'rtinchi hakam Muhammad Abdulla Hassan esa keyinchalik terma jamoamiz ishtirokidagi ko'plab uchrashuvlarda ishladi. 


Vadim Abramovga birinchi urinishda etarlicha imkoniyat berilmagandi. Ikkinchi urinish omadli chiqarmikan?

SHavkat Mullajonovning terma jamoadagi yulduzli onlari Qatardagi Osiyo kubogidan so'ng boshlangandi. 


Sanjar Tursunov tojikistonlik futbolchiga qarshilik ko'rsatmoqda.


Odil Ahmedov to'p bilan. Milliy terma jamoamizning o'sha paytdagi libosi esa ko'pchilik muxlislarga manzur kelgandi. 


Aziz Haydarov maydonda doimgidek qora ish yani raqib hujumini buzishga harakat qilmoqda. 


Sanjar Tursunov To'ychiev darvozasiga gol urib hisobni ochgan vaziyat.


Betakror Sasha Geynrixga o'xshagan yulduzlar yana chiqishiga umid qilib qolamiz.

Ajoyib fotosuratlar uchun Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика