Fotih Terim Qatarda bo'lib o'tgan JCHning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
23 dek 2022 14:04
Yangiliklar


Fotih Terim Qatarda bo'lib o'tgan JCHning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
"Milan" sobiq bosh murabbiyi Fotih Terim JCH-2022 haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi va turnirning eng yaxshi futbolchisini elon qildi.
"Menga chempionatning tashkiliy ishlari juda yoqdi, Qatarda edim. Eng zo'r o'yinchiga kelsak, men doim shuni aytganman - Messi birinchi, Messi ikkinchi, Messi uchinchi. Ammo menimcha, endi butun dunyo buni tushunib etdi", – dedi Terim.
Messi Argentina terma jamoasi safida jahon chempioniga aylandi. Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022 finalida argentinaliklar Franciya terma jamoasini mag'lub etishdi (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2). Messi esa musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar