So’nggi yangiliklar

11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  0 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  2 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  2 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  6 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  9 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  20 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  8 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0

Fossati JCH-2018 saralashida MTJ boshqaruvida Babayanni almashtirishi mumkinmidi degan savolga oydinlik kiritdi Yangiliklar

Fossati JCH-2018 saralashida MTJ boshqaruvida Babayanni almashtirishi mumkinmidi degan savolga oydinlik kiritdi

Teglar :  Xorxe Fossati
Ayni paytda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Xorxe Fosatti Toshkentda bo'lib turibdi.

"Paxtakor"ga qarshi OCHL doirasidagi o'yinda ishtirok etish uchun kelgan "Al Ahli" bosh murabbiyi Xorxe Fossati bilan kechagi matbuot anjumanidan so'ng bir masala bo'yicha suhbatlashdik.

Gap shundaki, JCH-2018 saralash bosqichida Qatar rulida ishlagan mutaxassis 8-turdan keyin istefoga chiqarilgan.  Yani, Qatarning 8-tur doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi o'yini urugvaylik mutaxassis uchun oxirgisi bo'lgan. O'shanda Fossati Qatar terma jamoasidagi oxirgi bellashuvi bo'lishini o'yindan ikki hafta avval bilgan va Janubiy Koreya ustidan 3:2 hisobida zafar quchgan.

Qatar terma jamoasi ruliga esa o'shandayoq yaqindagina BAAda o'tgan Osiyo Kubogida chempionga aylangan Feliks Sanches kelgandi.

O'zbekiston terma jamoasi esa Suriyaga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchragach, saralash bosqichidagi oxirgi ikki tur, yani Xitoy va Janubiy Koreya bilan bo'ladigan o'yindan avval Xorxe Fossatini terma jamoa ruliga taklif etish varianti paydo bo'lgan.

SHu boisdan ham mazkur masala yuzasidan Fossatiga yuzlandik va quyidagi javobni oldik:

"To'g'ri, Qatar terma jamoasidagi oxirgi o'yinim Janubiy Koreyaga qarshi bahs bo'lishini bilganman. O'zbekiston terma jamoasi varianti? Ochig'i, jiddiy taklif bo'lmagan. Bor gap shu", - deya vaziyatni izohladi tajribali mutaxassis Xorxe Fossati.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика