"Forza" klubi O'zbekiston Birinchi ligasida ishtirok etmaydi
02 fev 2024 14:55
Yangiliklar
"Forza" klubi O'zbekiston Birinchi ligasida ishtirok etmaydi
Buxoro viloyati 2-ligasida g'olib chiqqan "Forza" jamoasi o'tgan yilning 3-13 dekabr kunlari Surxondaryo mezbonlik qilgan pulka musobaqasida finalga qadar etib borib, Birinchi ligada ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritgandi.
10 yanvar kuni O'FA Surxondaryoning "Qiziriq", Buxoroning "Forza", Farg'onaning FarDu jamoalari pulkada muvaffaqiyatli ishtirok etganidan kelib chiqib, Liga qatnashchisi bo'lishi mumkinligini malum qildi. SHu asosda Liga 20 yanvar kuni uch jamoa vakillari ishtirokida uchrashuv o'tkazib, ularga Birinchi liganing minimal talablari xususida malumot berdi.
30 yanvar kuni "Forza" iqtisodiy sabab tufayli Birinchi liga musobaqasida ishtirok eta olmasligini malum qildi. Ayni vaqtda Farg'ona va Surxondaryo jamoalari Liga qatnashchisi bo'lish uchun harakatni davom ettirmoqda.
Fikrlar