Fors matbuoti: Eron uchun JCH-2022 sari yo'l 1 sentyabrda boshlanadi
19 avg 2019 15:34
Yangiliklar


Fors matbuoti: Eron uchun JCH-2022 sari yo'l 1 sentyabrda boshlanadi
Eron futbol sayti persianfootball.com milliy terma jamoa JCH-2022 uchun harakatni 1 sentyabrdan boshlashini malum qildi.
Sayt bergan xabarga ko'ra, Eron terma jamoasi 1 sentyabr kuni mamlakat poytaxti Tehronda yig'iladi va 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlikni boshlaydi. Tehronda uch kunlik mashg'ulotdan so'ng forslar saralashning birinchi rasmiy bahsini o'tkazish uchun Gonkonga yo'l oladilar.
Mark Vilmots boshqaruvidagi jamoa 10 sentyabr kuni Gonkong termasiga qarshi maydonga tushadi. Eron terma jamoasi o'ynaydigan taqvim quyidagicha:
10 sentyabr, 2019. Gonkong - Eron
10 oktyabr, 2019. Eron - Kambodja
15 oktyabr, 2019. Bahrayn - Eron
14 noyabr, 2019. Iroq - Eron
26 mart, 2020. Eron - Gonkong
31 mart, 2020. Kambodja - Eron
4 iyun, 2020. Eron - Bahrayn
9 iyun, 2020. Eron - Iroq
O’xshash yangiliklar

Fikrlar