Forlan Urugvay klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
21 dek 2019 01:45
Yangiliklar
Forlan Urugvay klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Urugvay terma jamoasining sobiq futbolchisi Diego Forlan “Penyarol” (Uruguvay) klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Kelishuv shartlari haqida hozircha hech qanday malumot yo'q.
Forlan joriy yilning avgustida futbolchilik faoliyatini yakunlaganligini elon qilgandi. Uning so'nggi jamoasi Gonkongning “Kitchi” klubi bo'ldi. U bu klub safida so'nggi bor 2018 yilning may oyida maydonga tushgandi.
“Independente” klubi taribyalanuvchisi Forlan faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Vilyarreal”, “Atletiko”, “Inter”, “Internasonal”, “Sereso Osaka”, “Penyarol” va “Mumbai Siti” jamoalarida to'p tepgan.
2002 yildan 2014 yilga qadar u Urugvay termasi safida 100 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar