Fonseka yoki Lempard "Kristal Pelas"ni boshqarishi mumkin
05 apr 2021 00:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629181_original.jpg)
![](/upload/storage/629181_220.jpg)
Fonseka yoki Lempard "Kristal Pelas"ni boshqarishi mumkin
"Kristal Pelas" rahbariyati 73 yoshli bosh murabbiy Roy Xojson bilan shartnomani uzaytirmaydi va uning o'rniga o'rinbosar izlamoqda.
Ushbu lavozimga davogarlar ro'yxatiga "CHelsi"ning sobiq ustozi Frenk Lempard va "Roma" bosh murabbiyi Paulu Fonseka kiritilgan. Angliyalik hozirda ishsiz va unga aniq takliflar kelib tushmagan. Portugaliyalik esa Italiyada qolish-qolmasligini hali bilmaydi, chunki uning xizmatiga Evropaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.
London klubi rahbarlari yuqorida aytib o'tilgan mutaxassislardan tashqari, "Byornli" bosh murabbiyi SHon Daych va "Suonsi" ustozi Stiv Kuperni taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqdalar.
"Kristal Pelas" APL 29 turidan so'ng 37 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar