Fonseka yoki Lempard "Kristal Pelas"ni boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
5 apr 2021, 00:44
"Kristal Pelas" rahbariyati 73 yoshli bosh murabbiy Roy Xojson bilan shartnomani uzaytirmaydi va uning o'rniga o'rinbosar izlamoqda.

Ushbu lavozimga da'vogarlar ro'yxatiga "Chelsi"ning sobiq ustozi Frenk Lempard va "Roma" bosh murabbiyi Paulu Fonseka kiritilgan. Angliyalik hozirda ishsiz va unga aniq takliflar kelib tushmagan. Portugaliyalik esa Italiyada qolish-qolmasligini hali bilmaydi, chunki uning xizmatiga Yevropaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.

London klubi rahbarlari yuqorida aytib o'tilgan mutaxassislardan tashqari, "Byornli" bosh murabbiyi Shon Daych va "Suonsi" ustozi Stiv Kuperni taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqdalar.

"Kristal Pelas" APL 29 turidan so'ng 37 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail