Florentino Peres rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2018, 13:46
"Real" prezidenti Florentino Peres "Inter" bilan yarim himoyachi Luka Modrich borasida muzokara o'tkazishga rozi bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi 32 yoshli xorvatiyalikni 60 mln. evroga sotmoqchi.

Modrich va "Inter" o'rtasidagi bitim 4 yilga mo'ljallangan bo'lishi mumkin.

Xorvatiyalik ham ushbu transferga qiziqish bildirmoqchi va A Seriyani o'zi uchun yangi chaqiruv deb hisoblaydi. Modrich muzokaralar o'tkazish uchun "Real" prezidentiga murojaat qildi. Oldinroq, Peres Modrichni 750 mln. evroga sotishi mumkinligini e'lon qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Luka Modrich 2012 yildan beri "Real" sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Giornale