Florentino Peres: "Ronaldu va Mourinyu - ikki esi past"
14 iyu 2021 19:15
Yangiliklar
Florentino Peres: "Ronaldu va Mourinyu - ikki esi past"
Peresning ushbu so'zlari tushirilgan yozuv 2012 yil oktyabr oyida aytiilgan.
"Ronaldu aqldan ozgan. Bu ahmoq, kasal yigit. Siz uni normal deb o'ylaysiz, lekin u normal emas, u hamma bajaradigan narsani bajarmaydi.
U qilgan oxirgi ahmoqlikni butun dunyo ko'rdi. Nima uchun u bunday ahmoqona ishlarni qiladi deb o'ylaysiz?" - deydi Peres yozuvda.
Menejer "ahmoqlik" haqida gapirganda, Ronalduning 2012 yil sentyabr oyida aytgan so'zlarini nazarda tutadi. "Granada"ga qarshi o'yindan so'ng Krishtianu Madrid klubda baxtsiz bo'lganligi uchun gollarni nishonlamasligini aytgan.
"Mourinyu va Ronaldu yovuz egoistlar. Ikkisi ham haqiqatni ko'rmayapti. Ikkalasi ham boshqacha bo'lsa, bundan-da ko'proq pul ishlashlari mumkin. Ikkita esi past. Gap ko'p pul haqida ketmoqda, chunki bu imidj huquqlarida bor. Ularda shunday qiyofa borki, hech kimga yoqmaydi. Bu antireklama.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2009 yilda "Manchester Yunayted"dan "Real"ga o'tgan edi. 2012 yil oktyabrgacha u Madrid klubi bilan La Liga, Ispaniya kubogi va Superkubogini yutdi.
Mourinyu 2010 yilda "Real"ni qabul qilib olgan va 2013 yilgacha klubda ishlagan. U jamoa bilan uchta sovrinni qo'lga kiritgandi.
Fikrlar