

Jamoa o'z yetakchisini qanday summaga sotishga rozi bo'lishi haqidagi savolga Florentino Peres quyidagicha javob berdi: "Ronaldoni, uning vaznichalik oltin taklif qilishsa ham sotmaymiz".
Eslatib o'tamiz, 1 kg oltin narxi 34500 €, Krishtianuning vazni 80 kgligini inobatga olsak, futbolchining narxi 2 760 000 € tashkil etgan bo'lardi.
Janob prezident gapini o'ylamay aytib qo'ydi chog'i. Sababi, kuni-kecha Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachi Noyshtedter uchun 3 million evro to'lab berishi haqida xabar chiqqandi.

