So’nggi yangiliklar

13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  0 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   1 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  5 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  7 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  3 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  14 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  7 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  7

Florentino Peres: “Muxlislarimiz seni sevishadi, Krishtianu” Yangiliklar

Florentino Peres: “Muxlislarimiz seni sevishadi, Krishtianu”

Teglar :  RonalduPeresReal
Juma kuni “Santyago Bernabeu” stadionida Ronalduning “Real” tarixida eng yaxshi to'purarga aylangani munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.


Tadbirga prezident va futbolchidan tashqari Krishtianuning do'stlari, onasi, o'g'li va agenti Jorje Mendesh ham tashrif buyurdi. Florentino Peres Ronalduga rekord qo'yganini ifodalagan kumush butsani topshirdi. Keyin Peres portugaliyalik futbolchi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ushbu stadion ko'plab insonlarning hissiyotiga sabab bo'ladi. Klubimiz Krishtianu singari futbolchilar bilan har narsaga erisha oladi. 2009 yildan beri uning sodiqligi va masuliyatni his qilishi klubda shubhaga sabab bo'lmagan. Krishtianu hamisha g'alaba uchun kurashgan.

Jamoamiz ishqibozlari seni juda yoqtirishadi va rostdan hayratga tushishadi. U futbolni yoqtiradiganlar, futbolda ishlaydiganlar va jamoaga muxlislik qiladiganlar uchun haqiqiy o'rnak. Sportning ushbu turida birinchi qadamni tashlashga tayyor turganlar uchun ham shunday.

Sen “Real”ning buyuk o'yinchilaridan o'tib ketding. Isming klub afsonalari qatoriga kiritildi. Krishtianuni tabriklayman – jahonning eng yaxshi futbolchisi “Real” tarixida to'purarga aylandi.

Ronalduning o'zi esa bunga javoban quyidagilarni takidlab o'tdi:

- Men uchun bu mukofotni qabul qilish sharaf. “Real” libosini kiygan ilk kunimda afsonaviy Raul va dunyodan o'tgan Alfredo Di Stefanoning natijasini yangilashni o'ylamagandim. Bundan xursandman va birinchi navbatda jamoadagi do'stlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ularning yordamisiz bunday natijaga erisha olmagan bo'lardim.

Yana murabbiylar - Pellegrini, Mourino, Anchelotti va Benitesga rahmat aytaman. Ular faoliyatimda doim yordam berishgan. “Real Madrid” fondi, klub xodimlari va shifokorlar, yana yodga olishni unutgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Hozir gapirish oson emas. Yana OAV xodimlariga rahmat aytaman. Ular bilan oxirgi paytlarda o'zimni juda yaxshi tutmadim. Do'stlarim, Jorje Mendesh va onamdan minnatdorman. Prezidentga ajoyib va kutilmagan marosim uchun rahmat aytaman. Bundan hayratlandim. Hammaga katta rahmat va “Hala Madrid!”


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика