Flik super kambekdan so'ng nimalar dedi?

Khoja
17 mar 2025, 09:57
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Atletikoga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, ammo ikki gol o'tkazib yubordik. Biroq, biz yaxshi o'yin ko'rsatishda davom etdik. Biz oxirgacha kurashdik va ko'plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Jamoa va muxlislar uchun juda xursandman.

Ferran ajoyib futbolchi. Bugun zaxiradan tushgan barcha futbolchilar o'z ishlarini a'lo darajada bajarishdi. Har bir futbolchi mashg'ulotlarda maksimal harakat qilishmoqda. Bu biz uchun juda muhim, - dedi Flik.

Eslatib o'tamiz, Barselona La Liganing 28-turida Atletikoga uchrashuv 0:2 hisobini 4:2 ga o'zgartira oldi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com