Flik Gvardiolani ortda qoldirdi
31 may 2020 08:20
Yangiliklar
Flik Gvardiolani ortda qoldirdi
Germaniya chempionatining 29-turida “Bavariya” “Fortuna”ni (5:0) taslim etdi.
Bu myunxenliklar ustozi Xans-Diter Flikning “Bavariya” rulidagi 25 uchrashuvdagi 22-g'alabasi sifatida qayd etildi.
SHu tariqa u Pep Gvardiolaning (dastlabki 25 uchrashuv 21 g'alaba) bu boradagi natijasini yangiladi.
Umuman olgandi Flik boshchiligidagi “Bavariya” myunxenliklar Bundesligada ishtirok etishni boshlagan davrdan buyon (1956 yil) eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi.
Flik 2019 yilning noyabrida “Bavariya”da Niko Kovachning o'rnini egallagandi. Uning qo'li ostida jamoa atigi ikki bor mag'lub bo'ldi – “Bayer” (1:2) va “Borussiya” M (1:2) va “RB Leypcig” (0:0) bilan durangga erishgan.
Ayni paytda myunxenliklar Bundesliga turnir jadvalida eng yaqin taqibsisi “Borussiya”dan 10 ochkoga ilgarilab ketgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar